“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp Angliya Premyer Ligasining 4-turidan o‘rin olgan “Aston Villa”ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:7) fikrlarini bildirib o‘tdi.
Avvalo shuni aytishim kerakki, “Aston Villa” juda yaxshi o‘ynadi. Ular juda yaxshi jismoniy holatda edi va jamoa aqlli futbol ko‘rsatdi.Liverpul shahri klubi ortda qolgan 4 turdan keyin 9 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.Bizda yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi, ulardan foydalana olmadik, ammo yettita gol o‘tkazgandan keyin ham hisob 7:7 bo‘lishi mumkin edi deyish mushkul.
Biz juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik, bular katta xatolar edi. Hammasi birinchi goldan boshlandi, biz darvoza oldi jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ydik.
Biz noto‘g‘ri zonalarda to‘pni yo‘qotdik va to‘g‘ri himoyalana olmadik. 0:1 dan keyin o‘yin tizginini qo‘ldan chiqardik. Ammo bu bahona bo‘la olmaydi.
Kim ham 2:7 hisobida yutqazishni xohlaydi? Bir necha yil oldin biz o‘zimizga tarix yaratmoqchi ekanligimizni aytgandik. Ammo bu tarzda tarixga kirishni xohlamagandik.
Yurgen Klopp, “Liverpul” bosh murabbiyi
Izoh (0)