“Everton” Angliya Premyer Ligasi 4-turi doirasida “Brayton”ni mag‘lubiyatga uchratdi (4:2).
Karlo Anchelotti boshchiligidagi jamoa mavsum startidagi yettita o‘yinda g‘alaba qozondi: to‘rt marta Angliya chempionati va uch bor Liga Kubogida.
“Everton” o‘z tarixida ikkinchi marta mavsumni ketma-ket 7 g‘alaba bilan boshladi. Ilk bor bunaqasi 1894/95-yilgi mavsumda qayd etilgandi.
Shuningdek “Everton” 1987-yildan beri ilk bor ketma-ket yetti o‘yinda g‘alaba qozondi.
Liverpul shahri jamoasi 4-turdan keyin 100 foizlik natija bilan APL peshqadami bo‘lib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)