“Liverpul” yarim himoyachisi Tiago Alkantarada koronavirus aniqlandi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.
29 yoshli futbolchining koronavirusga topshirgan testi ijobiy natija bergan. Tiago izolyatsiyaga yuborilgan.
“Klub bundan keyin ham COVID-19 ga oid barcha tibbiy ko‘rsatmalarga amal qiladi. Tiago qancha kerak bo‘lsa shuncha izolyatsiyada bo‘ladi”, — deyiladi “Liverpul” bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, Tiago 18-sentabr kuni 20 million funt evaziga “Bavariya”dan “qizillar” safiga o‘tgandi. Futbolchi Angliya chempionatining 2-turi doirasida “Chelsi”ga qarshi kechgan bahsda (0:2) “Liverpul” safida debyut qilgandi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)