Tiago Alkantara uch mamlakat terma jamoasida o‘ynashi mumkin edi, biroq u Ispaniyani tanladi. Tiago “Barselona” akademiyasida tarbiyalandi, ammo “Bavariya” yulduz maqomiga erishdi. Yaqinda esa uni Tumanli Albionning esa shonli jamoalaridan biri — “Liverpul” o‘z safiga qo‘shib oldi. Hech shubha yo‘qki, u Mersisayd klubi safida ham katta yutuqlarga erishadi. Demak, quyida “Liverpul”ning yangi maestrosi Tiago Alkantara haqida fikr yuritiladi.

Tug‘ilganidayoq futbolchi bo‘lishi aniq edi

Tiagoni qo‘lida to‘p bilan tug‘ilgan deb atash mumkin, uning hayoti sport, xususan, futbol bilan bog‘liq bo‘lgan, boisi Tiagoning otasi afsonaviy braziliyalik futbolchi, 1994-yilgi Jahon chempioni Iomar do Nasimento (Mazinyo), onasi esa o‘z vaqtida mashhur voleybolchi bo‘lgan. Ushbu holatda Tiago o‘zini boshqa sohada tasavvur ham qila olmagan.

Ko‘p madaniyatli odam

Foto: Twitter

Tiago — turli madaniyatlarga yaqin inson hisoblanadi. Uning otasi taniqli futbolchi bo‘lganligi uchun oila doimiy ravishda  bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yurardi. Italiyada tug‘ilgan Tiago butun dunyoni kezib chiqqan. U futbol bilan shug‘ullanishni Rio-de-Janeyroda, “Flamengo”akademiyasida boshlaydi. Keyin esa Ispaniyaga ko‘chib o‘tadi: 2005-yilda 14 yoshida “Barselona” akademiyasida paydo bo‘ladi.

Milliy terma jamoa darajasida Tiago Italiya yoki Braziliya sharafini ham himoya qilishi mumkin edi, ammo u otasining g‘azabiga qaramay, Ispaniyani tanlaydi. U bu tanlovini quyidagicha tushuntiradi: “Men Ispaniyada katta bo‘lganman. Yana nima ham deyish mumkin?”

Balotellidan maqtov

Foto: Siamsport

Mario Balotellining “Barselona” akademiyasiga tushib qolgani mumkinligi haqida ko‘pchilik eshitmagan bo‘lsa kerak. 2006-yilda janjalkash italyan Kataloniyada ko‘rikda bo‘ladi va Tiago bilan do‘stlashib qoladi. Garchi Super Mario La Masiyaga (“Barselona” akademiyasi) kira olmagan bo‘lsa ham, do‘stini unutmadi: Tiagoning terma jamoadagi debyut o‘yinidan so‘ng (Italiya qarshi kechgan) jurnalistlar uni qurshab olgan vaqtda suhbatga to‘satdan chaqirilmagan Mario aralashib, butun dunyoga do‘stining “el mas grande” (eng zo‘ri) ekani haqida jar soladi. Ma’lumki, Balotelli kimnidir maqtashi juda noyob holat.

La Masiyada “ishlab chiqarilgan”

Foto: Barca Universal

Tiago Andres Inyesta va Xavi bilan bir joyda futbol sir-asrorlarini o‘rgangan. U “Barselona” tarkibidagi debyutini 2008/09-yili, Pep Gvardiolaning birinchi (va eng muvaffaqiyatli) mavsumida o‘tkazgan.

2012/13-yilgi mavsumda esa Tiago Gvardiola ishlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan jamoa — “Bavariya”ga o‘tib, barchani hayratga soladi. Ammo hozir ham yarim himoyachi o‘zining sobiq jamoadoshlari Serxio Buskets, Xordi Alba, Mark Bartra va boshqalar bilan do‘stona munosabatlarni saqlab qolgan.

Mashhur uka

Foto: Google Photos

Tiago bilan aloqani saqlab qolgani aniq bo‘lgan yana bir taniqli “Barselona”chi — bu uning ukasi Rafinyadir. “Liverpul” futbolchisidan farqli o‘laroq, Rafinya Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilishni ma’qul ko‘rgan. Jahon Chempionatlari vaqtida ularning onasi ahvolini tasavvur qilavering.

Esda qolarli birinchi gol

Tiago “Bavariya” tarkibidagi ilk golini 2013-yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati finalida marokashning “Rabat Kasablanka” darvozasiga uradi. Uning yordami bilan jamoa 2:0 hisobida g‘alaba qozonadi va “Bavariya” Pepning qo‘l ostida olti oy ichida ikkinchi sovrinini qo‘lga kiritadi.

Istalgan murabbiyning orzusi

Foto: Football Works

Gvardiola o‘zining keyingi klubi sifatida “Manchester Siti”ni tanlaganiga qaramay, Tiago jamoasini o‘zgartirishga shoshilmadi.  Bundan tashqari, Karlo Anchelotti boshchiligida u faoliyatidagi eng yaxshi mavsumini o‘tkazadi va oldingi mavsumga qaraganda deyarli ikki baravar ko‘p o‘yin o‘tkazib, oltita gol hamda beshta golli uzatmaga mualliflik qiladi.

“Bavariya” sobiq bosh murabbiyi Niko Kovach Tiago haqida shunday degandi: “Tiago haqida nima deya olaman? U har qanday murabbiyning orzusi. Bizda kuchli yarim himoyachilarning ajoyib to‘plami bor, ammo u butun jamoaning yuragi, to‘p bilan istalgan narsani amalga oshira oladi”.

“Texnar”

Foto: Newsinfo

Ma’lumki, Tiago o‘zining aqlbovar qilmas texnikasi va ajoyib paslari bilan yaxshi tanilgan. Shuningdek, u uzatmalarning ham haqiqiy ustasi hisoblanadi va buni statistika ham tasdiqlaydi: so‘nggi olti mavsumning har birida ispaniyalik futbolchi kamida 90 foizlik aniqlik bilan maqtana oladi.

Qorboboning yordamchisi

Hatto buyuklar ham xato qilib turadi. Bundesliga doirasida  2016-yil 21-dekabr kuni o‘tkazilgan “Leypsig”ga qarshi o‘yinda Tiago maydon markazida to‘pni egallab olib, noaniq uzatma beradi.  Qiziqarli jihati shundaki, Tiago noaniq pas bergan vaqtda reklama ustunlarida Santa Klausning tasviri paydo bo‘ladi.

Ertasi kuni esa barcha nemis ommaviy axborot vositalari “Qorboboning yangi yordamchisi haqida” sarlavhali xabarlar bilan to‘lib ketadi.

Alkantara jamg‘armasi

Tiago (akasi, otasi, onasi va rafiqasi bilan birgalikda) Alkantara oilaviy jamg‘armasini tashkil etgan, uning vazifasi esa kam ta’minlangan oilalarning bolalariga ta’lim olishda  yordam berishdir. “Sport hayotning turli xil jihatlariga ta’sir o‘tkazishi mumkin”, — deb hisoblaydi Tiago.