Professional futbol Ligasi (PFL) Coca-Cola Superliganing 17-tur uchrashuvlari yakuniga ko‘ra tur ramziy terma jamoasini e’lon qildi.
Top-11 likdan “Nasaf”, OKMK va “Lokomotiv”ning ikki nafardan o‘yinchisi joy oldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur tur doirasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan “Paxtakor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvi “sherlar”ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab boshqa kunga qoldirildi.
Darvozabon: Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”);
Himoyachilar: Murod Toshmatov (OKMK), Igor Golban (“Navbahor”), Husniddin Aliqulov (“Nasaf”), Ixtiyor Toshpo‘latov (“Metallurg”);
Yarim himoyachilar: Husniddin G‘ofurov (“Surxon”), Abdullo Olimov (“Andijon”), Iqbol Malikjonov (“Qo‘qon-1912”), Kaxi Maxaradze (“Lokomotiv”);
Hujumchilar: Zafar Polvonov (OKMK), Temurxo‘ja Abduxoliqov (“Lokomotiv”).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)