Daryo

Tiago Alkantara APLdagi debyut o‘yinidayoq musobaqa rekordini o‘rnatdi

Tiago debyut o‘yinida ajoyib natija qayd etdi

1 daqiqa o‘qish36 036 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Twitter

Ispaniyalik yarim himoyachi Tiago Alkantara “Liverpul” safida “Chelsi”ga qarshi uchrashuvning (2:0) 46-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi.

Foto: Twitter

Ispaniyalik futbolchi ikkinchi bo‘limning o‘zida 75 ta aniq to‘p uzatishini amalga oshirdi. Bu butun o‘yin davomida harakat qilgan “Chelsi”ning istalgan futbolchisining uzatmalaridan ko‘pdir.

Opta’ning xabar berishicha, Tiagoning ushbu natijasi (bir bo‘limda 75 ta pas) mazkur statistikani hisoblash boshlanganidan keyingi (APL 2003/04-yilgi mavsumidan) vaqtdagi eng yaxshisi bo‘lgan. Bunda futbolchilarning maydonda 45 daqiqadan ko‘p bo‘lmagan vaqti hisobga olingan.

Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” Tiagoni 25 million funt evaziga “Bavariya”dan sotib oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar