Ukrainaning Xarkov viloyatida An-26 samolyoti falokatga uchrashi oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi va yana 2 kishi og‘ir jarohat olgan. Bu haqda mamlakat Bosh prokuraturasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, samolyot bortida 27 kishi bo‘lgan: Xarkov Havo kuchlari milliy universiteti kursantlari va ekipaj a’zolari. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bort falokatdan avval chap dvigatel ishdan chiqqani to‘g‘risida xabar bergan.
Omon qolganlar samolyot qulashidan oldin sakrab qolishga ulgurgan.
Ukraina prezidentining ofisi mazkur fojia nima sababdan yuzaga kelganini aniqlash uchun davlat komissiyasi tuzilishini bildirgan.
Ta’kidlanishicha, 26-sentabr Xarkov viloyatida halok bo‘lganlar xotirasida Motam kuni deb e’lon qilingan.
“Hozirda voqea joyida harbiy prokuratura xodimlari va Davlat tergov byurosi tergovchilari ishlamoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.
Izoh (0)