• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Salibchilarga qarshi kurash tarixidan. 20-sentabr – Salohiddin Ayubiy Quddusni qamalga olgan kun

    1099-yilda barcha dinlar uchun muqaddas shahar bo‘lgan Quddusni salib yurishlarida qatnashgan xristian askarlari egalladi. Musulmonlar qasos olishni xohlardi. Ammo bu revansh o‘sha musulmonlarning nabiralariga nasib qildi. 1187-yilda katta sahnaga Yevropada Saladin nomi bilan abadiylashtirilgan Misr va Suriya sultoni Salohiddin Ayubiy chiqdi va salibchilarga chaqiruv tashladi. “Daryo” Quddus qirolligining qulashi tarixi haqida hikoya qiladi. 

    Foto: Google Photos

    Salibchilar ustidan g‘alaba

    1187-yil 4-iyulda musulmonlar navbatdagi salibchilar ustidan so‘zsiz g‘alaba qozondi. Xattin yon bag‘irlarida Salohiddin jangda o‘ldirilgan jasadlar uyumiga qarab turardi. Sharq quyoshi yer-u ko‘kni jazirama bilan qoplagan, qirol Gi Luzinyan va ko‘plab zodagon baronlar qo‘lga olingandi. Salibchi ritsarlarning bir nechtasi Tir shahridan panoh topib, qochishga muvaffaq bo‘ldi. Salohiddinning buyrug‘i bilan 200 ga yaqin tamplier va gospitalyer ritsarlari o‘ldirildi. Sultonning shaxsan o‘zi shatilionlik baron Renoning boshini qilich bilan kesib tashladi.

    Muqaddas zaminni qaytarib olish uchun boshqa to‘siqlar yo‘q edi. Boshqa shaharlar ham birin-ketin Salohiddinning rahm-shafqatiga taslim bo‘la boshladi. Sultonga bo‘ysunmagan yagona shahar Tir edi. Ammo sulton Quddusga intilar ekan, Tirni qamal qilishga vaqt va kuch sarflamaslikka qaror qildi.

    Balian d'Ibelin

    Xristianlar tomonidan Quddus mudofaasini ritsar Balian d'Ibelin boshqardi. U Xattindagi janglarda omon qolgan va aslida shaharga rafiqasi, u yerda bolalari bilan birga bo‘lib turgan Vizantiya malikasi Mariya Komninani ziyorat qilish uchun kelgandi. Ammo taqdir taqozosi bilan Quddusda qirollikning yagona hukmdori bo‘lib qoldi. Balian Quddusni himoya qila olmasligini yaxshi bilardi. Shahar ko‘chalarini to‘ldirgan qochoqlarning janglarda umuman foydasi yo‘q edi, oziq-ovqat ta’minoti esa susayib borardi. Biroq aholi musulmonlar bilan kurashishga tayyor edi.

    Quddus mudofaasi

    Quddus mudofaasidagi xristianlarga, avvalo, tajribali jangchilar yetishmasdi. Balian mahalliy zodagonlar orasidan 60 nafar yigitga ritsarlik unvonini taqdim qildi. To‘g‘ri, unvon ularning jangdagi mahorati va tajribasini ko‘paytirib qo‘ymadi.

    “Muqaddas zamin” filmidan lavha.

    “Muqaddas zamin” filmidan lavha.
    Foto: Google Photos

    Salohiddin esa ikkilanmadi va 20-sentabr kuni uning armiyasi muqaddas shaharni qamal qilishni boshladi. Sultonning qarorgohi dastlab Quddusning g‘arbiy qismida joylashgan bo‘lib, u yerda ushbu voqealardan 88 yil oldin tuluzalik qo‘mondon Raymundning armiyasi joylashgandi. Musulmonlar shahar devorlarini o‘qqa tutishni boshladi, hujum qilishga urinishdi, ammo ularga quyosh nurlari to‘sqinlik qildi. Quyosh Salohiddinning jangchilarini ko‘zlarini qamashtirardi va ular orqaga chekinishardi. Kechqurun yana janglar davom etdi, ammo yana hech qanday natija bo‘lmadi. Quddus himoyachilari ketma-ket sakkiz kun davomida musulmonlar hujumini qaytardi.

    Salohiddin xiyla-nayrangga murojaat qildi va keyingi hujumlarni quyosh ko‘tarilishi bilan boshladi, endi quyosh xristianlarning ko‘zlariga tushardi. Ammo bu ham yordam bermadi – Quddusni himoya qilish davom etdi.

    Quddusning fath etilishi

    Keyin sulton o‘z pozitsiyasini o‘zgartirib, shimol tomonga o‘tdi, u tomonda na darvozalar va na o‘q uzish uchun derazalar bor edi. Tosh otish mashinalari o‘rnatildi, ular darhol o‘t ochishni boshladi. Salohaddin askarlarni uch qismga ajratdi, qalqon va kamonchilar bilan himoyalangan qism Quddus devorlariga yaqinlashdi. Keyingi ikki kun ichida ular devorlarni 15 tirsak uzunlikda teshib, o‘sha teshiklarga to‘nkalarni yoqishdi. Devorning ichki yog‘och qismlari yonib ketdi va ushbu hududdagi devorlar va minoralar qulab tushishga tayyor edi. Xristianlar tushkunlikka tushdi. Quddus ko‘chalarida odamlar guruh bo‘lib yurishlarni uyushtirishar va Xudoni rahm-shafqatiga chaqirishardi.

    “Muqaddas zamin” filmidan lavha.

    “Muqaddas zamin” filmidan lavha.
    Foto: Google Photos

    29-sentabrda Salohiddin qo‘shinlari Quddus devorlarini buzishga muvaffaq bo‘ldi. Balianning odamlari uni yamashga urindi, ammo bu qochib bo‘lmas yakunning boshlanishi edi.

    Shahar ichida yunon va suriyalik nasroniylarning fitnasi pishib yetildi. Ular katoliklarga bo‘ysunishni istashmas va cherkov marosimlaridan noroziligini ko‘rsatib kelardi. Yunonlar Salohiddinga ularni ozod qilish sharti bilan Quddus eshiklarini ochib berishlarini yetkazishdi. Ushbu rejalar o‘z vaqtida oshkor bo‘ldi, ammo fitna jamoatchilikka ma’lum bo‘lib ulgurdi va shahar aholisining ruhiyatiga qattiq ta’sir qildi.

    Balian Salohiddin bilan muzokara o‘tkazishga qaror qildi. Biroq Sulton shaharni unga topshirish taklifiga shubha bilan qaradi. Unga endi hech qanday muzokaralar asosida shaharni ochib berishlari kerak emasdi, chunki shundoq ham o‘zi shaharni qiyinchiliksiz egallashi mumkin edi.

    Salohiddinning qarori ushbu yerlarning kelajagi borasidagi rejalarga asoslandi. U o‘z davlatiga Falastinni ham qo‘shib olishni niyat qilgan va ma’lumki, sultondan minnatdor bo‘lgan xalqni boshqarish osonligini tushungan. Haddan tashqari vahshiylik unga faqat zarar yetkazishi mumkinligini o‘ylagan Salohiddin rozi bo‘ldi – u masihiylarga hayot va erkinlikni tortiq qildi. Salohiddinga shahar kalitlari topshirildi.

    “Muqaddas zamin” filmidan lavha.

    “Muqaddas zamin” filmidan lavha.
    Foto: Google Photos

    Ozod qilinganlar qismati

    Xristianlarning shaharni tark etish kunida Salohiddin asosiy maydonda o‘tirib, ularning g‘amgin yurishini tomosha qildi. Ayollar va bolalar noma’lum narsadan qo‘rqib, yig‘lashardi. Erkaklar nafaqat o‘zlarining narsalarini, balki yaradorlarni ham olib ketishardi. Salohiddinning ukasi Salfiddin bu holatga chiday olmadi. U Sultondan jangda qatnashgani uchun xohlaganicha tasarruf etish huquqi bilan unga mingta qul berishini so‘radi. Salohiddin rozi bo‘ldi va ukasi ularni ozod qildi.

    Salohiddin tomonidan shahardan chiqib ketayotgan har bir odam uchun omon puli joriy qilingandi. Ammo shaharda puli yo‘q kambag‘allar ham juda ko‘p edi. Patriarx Irakli 700 qashshoqni, Balian esa 500 kishini ozod qilishga mablag‘ berdi, shundan so‘ng sulton ham o‘z rahm-shafqatini ko‘rsatishga qaror qildi. U darvozani ochib, barcha kambag‘allarni bilan qo‘yib yuborishni buyurdi. O‘ziga erkinlik sotib olishga qodir bo‘lgan, ammo pulini yashirgan firibgar esa jazolandi.

    Ozod qilingan insonlar oqimi ulkan hamda boshqarib bo‘lmas edi va shuning uchun ularni uchga bo‘lishdi. Tamplierlar va gospitalyerlaro‘z guruhlariga boshchilik qildi, uchinchi guruhga Balian boshchilik qildi. Qochqinlar himoyaga muhtoj edi. Biroq ularni na Tripolida va na Tirda qabul qilishmadi. Qochqinlarni o‘z dindoshlari xoinlar deb atashdi, tunashdi va haydab chiqarishdi. Ba’zilar musulmon yerlariga qaytib, boshpana topdi, boshqalari Yevropaga yetib oldi. Yevropaga ular bilan birga Quddusning qulagani haqidagi xabarlar yetib bordi.

    “Muqaddas zamin” filmidan lavha.

    “Muqaddas zamin” filmidan lavha.
    Foto: Google Photos

    Salohiddin bu ulkan g‘alabadan o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi, talonchilik va qirg‘inlar uyushtirmadi. Musulmonlar Quddusdagi pravoslav nasroniylarga nisbatan juda bag‘rikeng edi va hatto ularga qolishga ruxsat berildi. Musulmonlar shahardagi tamplierlarning uylarini tozaladi va atirgul suvi bilan yuvdi, al-Aqso masjidini esa yangitdan muqaddaslashtirdi.

    Urush davom etadi...

    Shunday qilib, buyuk sarkarda Salohiddin Ayubiyning aqli va qilichi zarbidan Quddus qirolligi quladi. Salibchilar qo‘lida faqat Tir, Tripoli va Suriyadagi Krak de Shevalye qal’asi qoldi. Keyingi 1188-yilda o‘z davrining eng buyuk Yevropa monarxlari, Angliya qiroli Richard I Sher Yurak va Germaniya imperatori FridrixII Barbarossalar yana Yaqin Sharq ustiga urush olovini olib keldi. Shunday qilib, Uchinchi salib yurishlari boshlandi, ammo bu endi umuman boshqa hikoya...

    Nubek Alimov tayyorladi.

    20.09.2020, 20:35   Izoh (0)   58414
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Sizlar qachon ishlashni boshlaysiz?!” Malala Yusufzay BMT a’zolariga bajarilmagan va’dalarini eslatdi

    20.09.2020, 12:24

    Plyajdagi ko‘rgazma, okeandagi muzlar orasidagi yolg‘iz kema, namoyishlarga bag‘ishlangan kun. Hafta suratlari

    19.09.2020, 22:50

    Zaharlangan Navalniy tiklanish jarayoni qanday ketayotganini aytib berdi

    19.09.2020, 21:23

    Britaniya bosh vaziri Boris Jonson mamlakatda qayta karantin joriy etilishi mumkinligini ma’lum qildi

    19.09.2020, 19:25

    AQSh Oliy sudining eng keksa a’zosi vafot etdi

    19.09.2020, 16:52

    Qozog‘istonda koronavirus va pnevmoniya qurbonlari soni 1671 kishiga, Qirg‘izistonda esa 1063 nafarga yetdi

    19.09.2020, 15:22
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “O‘zim ham xavotirdaman” — professor Zarifboy Ibodullayev ruhiy bemorlar bilan bo‘layotgan ayanchli holatlar haqida

    O‘zbekiston | 15 iyun, 22:42

    Superliga. “Nasaf” va “Dinamo”dan g‘alaba, “Surxon” — “Neftchi” bahsida hisob ochilmadi

    Sport | 15 iyun, 22:14

    Qozon va Nijnekamsk aeroportlari dron hujumi xavfi sababli vaqtincha yopildi

    Dunyo | 15 iyun, 21:56

    Turkiyada havo shari qulab tushdi

    Dunyo | 15 iyun, 21:25

    AQSHda mamlakat bo‘ylab 2 mingga yaqin joyda namoyish o‘tkazildi

    Dunyo | 15 iyun, 20:53

    Isroil harbiylari yordam markazlarida yana 23 nafar falastinlikni o‘ldirdi

    Dunyo | 15 iyun, 20:06

    Rasman. Jennaro Gattuzo — Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi

    Sport | 15 iyun, 20:03

    “Barselona” Klublar o‘rtasidagi JCHda “Leon”ning o‘rniga qatnashish uchun FIFA’ga iltimos bilan chiqdi

    Sport | 15 iyun, 18:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.