• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Namangandagi “maxluq” izidan: “Daryo” muxbiri voqealar yuz bergan xonadonlarda bo‘ldi (video)

    Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi mahallalarda noma’lum shaxs xonadonlarga kirayotgani haqidagi ovozalar bir oydan beri tingani yo‘q. “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev mazkur tumanda bo‘lib, mutasaddilar, tinchi buzilgan xonadon egalari bilan uchrashdi va muloqotda bo‘ldi.

    “Bunday holat avval ham kuzatilgandi”

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev

    To‘tixon Kamolova, Kosonsoy tumanidagi “Hurriyat-2” MFY rais o‘rinbosari:

    — Bu shov-shuvlar tumanda dastlab bizning mahalladan boshlandi. Qurbon hayitidan keyin, avgust oyining ilk kunlarida. Fuqarolarimizdan biri xonadoniga noma’lum shaxs kirgani haqida xabar berdi. Keyin buni qo‘shni ko‘chada yashovchilar ham tasdiqladi. Ichki ishlar xodimlarini chaqirib, ular bilan birga uyma-uy yurib, tomlarga chiqildi, navbatchiliklar tashkil etildi. Hozircha oxiriga yetolganimiz yo‘q, lekin 10 kundan beri tinchmiz, qayta murojaatlar bo‘lmadi.

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev
    Bundan uch yil avval ham aynan shunga o‘xshash murojaat bo‘lgandi. U ham bir ovoza bo‘ldi, keyin o‘z-o‘zidan tinchib ketdi...

    “Hech qanday maxluq yoki mavjudot emas, qora futbolka kiygan odam edi”

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev

    Avazxon Tillayev, Kosonsoy tumanidagi “Hurriyat-2” mahallasi fuqarosi:

    — Bu voqea bizga qo‘shni xonadonda yuz berdi. Egalari ko‘chib ketishgan, biz qarab turamiz. Uydagilar bizning hovlidagi ayrim narsalar qo‘shni xonadonga olib chiqib qo‘yilganini aytganidan so‘ng ular qo‘rqmasin deb qoldim. Ertasiga taxminan soat 18:00 atrofida, asr namozidan so‘ng ko‘chaga chiqdim. Shunda “qo‘shni uyda kimdir yuribdi” deb xabar berishdi, ichkariga kirganda men ham qadam tovushlarini eshitgandek bo‘ldim. Shoshib o‘rtadagi darchadan qo‘shni uyga o‘tdim. Shunda u gilos daraxtidan tomga chiqqanini ko‘rdim.

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev

    Hech qanday maxluq yoki mavjudot emas, qora futbolka kiygan, o‘rtacha jussali odam edi. Ortidan pastga to‘kilib yotgan olmalarni ham otdim. Yerga sakragandek bo‘ldi, yugurib tashqariga chiqsam, hech zog‘ yo‘q, ketib bo‘lgan ekan.

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev
    Hozir vaziyat tinch, ammo uydagilarda, ayniqsa, ayollarda qo‘rquv bor. O‘zim haydovchiman, lekin ularni xavotirga solmaslik, dalda bo‘lib turish uchun ishga ham chiqmayapman.

    “Mahallamizda yil boshidan beri jinoyat sodir etilmagan”

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev

    Abduqodir Hamroyev, Kosonsoy tumanidagi “Obod” MFY rais o‘rinbosari:

    — “Hurriyat-2” mahallasidan so‘ng bu mish-mishlar bizda tarqaldi. Hududda 5 ming nafardan ortiq aholi yashaydi. O‘z nomi bilan obod, tinch joylar, yil boshidan beri jinoyat qayd etilgani yo‘q.

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev
    Noma’lum shaxs yoki maxluqni ko‘rdim deb hushidan ketgan kelinchakning xonadoniga IIB xodimlari bilan bordik, tun qorong‘isigacha tekshirdik, surishtirdik. Chordoqlarga chiqildi, yerto‘lalar ko‘zdan kechirildi. Shu qizimizdan boshqa kishi uni ko‘rmagan, o‘zi ham aniq ta’riflab berolmayapti, chunki kuchli hayajon, zo‘riqishda bo‘lgan. Biroq xotirjamlikka berilganimiz, nazoratni susaytirganimiz yo‘q. Aholini sarosima va xavotirga solishi mumkin bo‘lgan har qanday holatga zudlik bilan munosabat bildirishga harakat qilyapmiz.

    “Hovlimizdagi xonalardan biriga kirilgan va g‘aladonlar ostin-ustun qilingan”

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev

    Ibrohim Usmonov, Kosonsoy tumanidagi “Obod” mahalla fuqarosi:

    — Bundan ikki haftacha oldin soat 17:55 da turmush o‘rtog‘im qo‘ng‘iroq qilib, nima taom tayyorlashni, qachon kelishimni so‘radi. Gaplashib, javobimni aytib bo‘lganimdan so‘ng 20 daqiqa o‘tib, qo‘shni xotin telefon qildi va ayolim hushsiz yotganligini aytdi. Men uyga kirib kelganda tez tibbiy yordam ham yetib kelgan va shifokorlar turmush o‘rtog‘imni o‘ziga keltirishga urinayotgan ekan.

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev

    Ayolimning aytishicha, men bilan gaplashib bo‘lganidan so‘ng ikki oylik qiz chaqalog‘imiz yotgan kolyaska tomon borganida kolyaskadan 2 metr chamasi naridagi ustalar ishlatadigan yog‘och “eshak”ning ustida junli bir maxluqni ko‘rgan. U qizalog‘imga qarab, qandaydir imo-ishoralar qilgan va shundan so‘ng xotinim hushidan ketgan. Ko‘chada o‘ynab yurgan o‘g‘lim hovliga kirganidan so‘ng oyisining bu holatini ko‘rib, qo‘shni ayolni chaqirib kelgan.

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev

    Hovlimizdagi xonalardan biriga kirilgan va g‘aladonlar ostin-ustun qilingan, shkaf eshiklari ochilgan. Qiziq tomoni, g‘aladonda turgan ikkita yangi telefonga tegilmagan. Shundan keyin so‘ritok orqali tomga chiqib, qochib ketgan deb taxmin qilyapmiz.

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev

    Ichki ishlar xodimlari uyga kelib, holatni o‘rganib, surishtiruv ishlarini olib borishdi.

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev

    Shu voqeadan so‘ng darvozaga va hovlimizga kuzatuv kameralari o‘rnatdim. Ertaroq shu ishni qilganimda barchasiga allaqachon oydinlik kiritgan bo‘lar ekanmiz. Hozir turmush o‘rtog‘imning holati yaxshi, faqat o‘sha kungi hodisalarning ta’siri, asoratlari baribir bilinib turibdi...

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev

    “Jinlar haqidagi behuda gap-so‘zlar dinimizda qoralangan”

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev

    Qodirxon Azizov, Kosonsoy tumani bosh imom-xatibi:

    — Insoniyat payg‘ambarimiz sunnatlari, ummatga tavsiya etilgan kundalik zikr va tasbehlardan uzoqlashsa, shunday g‘ayritabiiy narsalarga ishonuvchanlik kayfiyati kuchayadi. Tumanimizdagi bunday holatlar haqida biz ham ko‘p eshitdik. Ularning aksariyati aniq-tiniq ma’lumotlar emas, taxmin gaplar. Kishi o‘zi bilmagan va ko‘rmagan, dalil-isboti yo‘q narsalari haqida gapirishi shar’an joiz emas. Insonda qo‘rquv bo‘lsa har bir sharpadan xavotirlanishi tabiiy. “Qo‘rqqanga qo‘sha ko‘rinar” deb bejiz aytilmagan.

    Jinlar haqida ko‘p gapirilyapti. Payg‘ambarimiz davrlaridan beri hech kim jinni ko‘rmagan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ham bunday gap-so‘zlarni qoralaganlar. Turli ziyon-zahmat va xayolotlardan saqlanish uchun esa dinimizda tavsiya etilgan sura, oyat va duolarni o‘qib yurish kifoya.

    “Dastlabki gumonlanuvchilarimiz ham bor, hozir shu yo‘nalishda ishlayapmiz”

    Foto: Oybek Narzullayev

    Foto: Oybek Narzullayev

    Shuhrat Yusufjonov, Kosonsoy tuman IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i:

    — Aholini tashvishga solayotgan mazkur holat dastlab “Hurriyat-2” mahallasida kuzatildi va u yerga tergov-tezkor guruhi chaqirildi. Voqea joyi o‘rganildi, fuqarolardan ko‘rsatmalar olindi.

    Bizga bir narsa xalaqit beryapti — murojaat bo‘layotgan joylarda haddan tashqari ko‘p odam to‘planmoqda. Bunday vaziyat iz olish yoki qandaydir ashyoviy dalillarni qo‘lga kiritishda muammo tug‘diradi.

    Surishtiruvlar natijasida ayon bo‘lyaptiki, shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan narsa g‘ayritabiiy mavjudot yoki maxluq emas. Olingan izlar bu odam ekanligini ko‘rsatmoqda. Dastlabki gumonlanuvchilarimiz ham bor, hozir shu yo‘nalishda ishlayapmiz. Tez orada buning natijalari haqida ma’lumot beramiz, degan umiddaman.

    Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Namangan viloyatining Chust tumanidagi fermer xo‘jaligi yeridan “o‘ta shifobaxsh” suv chiqqani to‘g‘risidagi xabarlar omma o‘rtasida katta qiziqish va shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Keyinroq viloyat Davlat sanitariya epidemiologiya markazi “shifobaxsh” suv aslida iste’molga yaroqsiz ekanligini ma’lum qilgan. O‘zga sayyoraliklar bilan uchrashganini aytib, mashhur bo‘lgan Jumanazar aka ham Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidan edi.

    Shuningdek, Namanganda g‘ayrioddiy portlash ovozlari ham tez-tez eshitilib turadi. 2018-yil 6-dekabr kuni Namanganda ilk bor qattiq gumburlash ovozi eshitilgandi. O‘shanda avvaliga Mingbuloq neft konida portlash yuz bergani ma’lum qilindi, keyinchalik  bu xabar rad etildi. 14-dekabrda esa bu holat yana takrorlangandi. 2019-yil 29-mart kuni Namanganda yana bir bor kuchli gumburlash sodir bo‘lgan.

    Mavzuga doir: Namangandagi “maxluq” g‘ayritabiiy mavjudot emas, odam ekanligi ma’lum qilindi

    06.09.2020, 14:02   Izoh (0)   220833
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda fuqaroga kam ta’minlangan oilalarga ajratilgan 5 ta xonadonni olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    06.09.2020, 13:21

    “Boshqa viloyatga borib paxta teruvchilarning har biriga 500 ming so‘mdan moliyaviy yordam beriladi” — Bahodir Umrzoqov

    06.09.2020, 09:31

    O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sud raisi lavozimini qonunga xilof tarzda egallab turganligi haqidagi xabarga izoh berildi

    06.09.2020, 09:10

    Olmaliqda marixuana qovurayotgan shaxslar ushlandi

    06.09.2020, 08:05

    O‘zbekistonda O‘rmon xo‘jaligi texnikumi tashkil etiladi. Uni bitirganlar OTMda kirish imtihonlarisiz, 2-kursdan boshlab o‘qishi mumkin

    06.09.2020, 07:21

    Farg‘onada 4 kunda 40 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi

    06.09.2020, 07:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.