Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mingbuloqdagi neft konida portlash va neft sizishi alomatlari aniqlanmadi. Bu haqda konda bo‘lib qaytgan “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida joylashgan neft konida 5918 metr chuqurlikdagi burg‘ulash ishlari sentabr oyida yakunlangan. Mustahkamlovchi quvurlar tushirilgan, atrofi sementlangan. Shundan beri sinov ishlari ketmoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

— Quduqda sinov ishlari olib borish ko‘zda tutilgan 5 ta qatlamdan 2 tasida bu jarayon yakunlandi. Hozir uchinchi qatlamda sinovlarni boshlash arafasidamiz, — deydi “Mingbuloqneft” O‘zbekiston— Xitoy qo‘shma korxonasi bosh muhandisi Isroilxo‘ja Ulug‘xonov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bosh muhandisning aytishicha, ikki qatlamdagi sinov ishlari davomida olingan neft va gaz namunalari tahlil uchun Xitoy hamda O‘zbekistondagi ilmiy-tadqiqot institutlariga yuborilgan. Keng ko‘lamda neft olinishi esato‘rtinchi va beshinchi qatlamdan kutilmoqda.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Isroilxo‘ja Ulug‘xonov ijtimoiy tarmoqlar va internet nashrlarida tarqalgan kondan neft sizganligi haqidagi taxminlarni rad etdi. Uning aytishicha, korxonada o‘rnatilgan kuchli bosimga mo‘ljallangan qurilmalar bunga imkon bermaydi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

-Neft chiqadigan bo‘lsa quvurlar orqali to‘g‘ri ajratuvchi qurilmalarga borib tushadi, keyin rezervuarlarga o‘tadi. U yerdan maxsus uskunalar yordamida mashinalarga quyiladi. Hammasi o‘ylangan va hisob-kitob qilingan. Mingbuloqda 1992-yili neft favvorasi otilganda portlash va alanga bo‘lgani to‘g‘ri, chunki o‘sha paytlarda bunaqa mukammal va kuchli bosimni ko‘tara oladigan qurilmalar bo‘lmagan. 1989-yildan beri shu obyektda ishlaydigan mutaxassis sifatida buni yaxshi eslayman, — deya ta’kidladi Isroilxo‘ja Ulug‘xonov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Bosh muhandisning aytganlariga ishonch hosil qilish uchun korxona hududini ko‘zdan kechirdik. Portlash yoki neft sizishi alomatlari ko‘zga tashlanmadi. Kirib-chiqishda cheklovlarga duch kelinmadi, atrof ham o‘rab olinmagan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Mingbuloqneft” korxonasi joylashgan “Chordana” mahallasida 747 xonadon mavjud, 4048 nafar fuqaro istiqomat qiladi. Ular orasida o‘ndan ortiq kishi kon va rezervuarda ishlaydi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

—6-dekabr kuni tushga yaqin kuchli gumburlagan ovoz bizning idorada ham eshitildi, deraza oynalari zirillab ketdi. Dastlab yer qimirladi deb o‘yladik. Keyin bunday bo‘lmaganini bilgach, konga borib keldim. Xitoylik va mahalliy mutaxassislar bilan hamma yerni aylanib chiqdim. Gumburlash yoki portlashgaasos bo‘lishi mumkin bo‘lgan alomatlarni ko‘rmadim. Ertasiga, 7-dekabr kuni neft koni bilan bog‘liq gap-so‘zlar ko‘payib ketgach, bir kun oldin ko‘rganlarimga ham ishonmay, yana bordim. Xayriyat, tinchlik-omonlik ekan, — deydi “Mingbuloqneft” korxonasi joylashgan “Chordana” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Salohiddin Shermirzayev.

Shubha-gumonlarni kondan qaytayotgandagi holat ham aritib yubordi. Korxonadan 500-700 metr chamasi naridagi xonadonda to‘y taraddudi ekan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

—Nimadir portlaganda to‘y ko‘ngilga sig‘armidi? Bugun o‘g‘lim Islomjonni uylantirib, kelin tushiryapmiz, xursandchiligimizga sherik bo‘linglar, — deydi korxona joylashgan “Chordana” mahallasida yashovchi Shahzoda Abdurahmonova.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Safar davomida Namangandagi gumburlash ovozlari Mingbuloqda neft qidirish ishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlarni isbotlovchi dalillar topilmadi. Voqeaga oydinlik kiritishi mumkin bo‘lgan boshqa tafsilotlar esa hozircha mavhum bo‘lib turibdi.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiya bosh vaziri Mishustin O‘zbekistonga keldi (foto)
Dunyo
“Daryo” kundaligida 1-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi