Toshkent viloyati Olmaliq shahrida marixuana giyohvandlik vositasini qovurayotgan fuqarolar ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
IIO xodimlari tomonidan 1-sentabr kuni o‘tkazilgan tadbir davomida 34 yoshli X.A. va 25 yoshli B.U. “Zarya” uyushmasi 3-ko‘chasida joylashgan B.U.ga tegishli dala-hovlida 675 gramm marixuana giyohvandlik vositasini qozonda qovurayotgani aniqlangan. Bundan tashqari, qozon oldidan yana 1 kilogramm 251 gramm marixuana topilib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirilib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Olmaliq shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyovandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. B.U. va X.A. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)