• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Mustaqillik va Renessans, stadiondagi imtihon o‘yinlari, “Kavasaki sindromi”

    Hammaning og‘zida bu yilgi test sinovlari o‘yin bo‘lib ketgani. Ha, stadion o‘yin uchun qurilgan bo‘lsa, yana nimani kutgandingiz? Assalomu alaykum. Dayjestimizdan ochiq osmon ostidagi testlar mavzusi ham o‘rin olgan.

    Bu yilgi Mustaqillik bayrami pandemiya manzarasida ancha sokin o‘tdi. Bayram oila davrasida nishonlanib, mushakbozlik tashkil etilmadi. Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga va Mustaqilik maydoniga bordi, ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. O‘zbekiston mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlagan prezident “O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – uchinchi Renessans davriga poydevor qo‘yilmoqda”, deb aytdi.

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

    Mustaqillik bayrami bilan Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Szyan Yan va Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi Mehmet Surayyor Er tabrikladi. E’tiborlisi – ular ikkovi ham o‘zbek tilida tabrikladi. Avvaldan o‘zbekchaga tili kelishib qolgan AQSh elchisi Daniel Rozenblyum bu safar ham o‘zbekistonliklarni o‘zbekchalab muborakbod qildi. Qarangki, mister Rozenblyum ayni Mustaqilligimiz kuni uylangan ekan, to‘ylarining 29 yilligi bilan ayolini ham tabrikladi.

    * * *

    Koronavirus yuqtirish holatlari, aniqrog‘i, uni rasman qayd qilish holatlari yigirma kundan beri kamaymoqda. Biroq dushmanning bittasi ham ko‘pligini yoddan chiqarmaslik lozim. Aksiga olib, “Kavasaki sindromi” degan xastalik o‘zbekistonlik bir bolada kuzatilgani ko‘pchilikni tashvishga solib qo‘ydi. Bu sindrom koronavirus ta’sirida bola organizmida kechadigan kuchli yallig‘lanish, qon-tomirlar o‘tkazuvchanligi buzilishini keltirib chiqaradi. Shuningdek, bolaning tana harorati besh va undan ortiq kunlarda 38 darajadan yuqori bo‘ladi, tanasiga turli toshmalar toshadi, qo‘llar kafti va tovon terisining ko‘chishi kuzatilishi mumkin.

    Ehtiyot bo‘lish kerak. Shuning uchun maktablar qat’iy sanitariya qoidalariga amal qilishi belgilab olindi. Maktablarda dars mashg‘ulotlari ertalab soat 8:00 dan kech soat 17:30 gacha tashkil qilinadi. Darslar tabaqalashtirilgan tartibda boshlanadi, ya’ni: 1–4-sinflar maktabga soat 08:00 gacha, 5–8-sinflar soat 08:30 gacha hamda 9–11-sinflarning kelishi soat 09:00 gacha  alohida eshiklardan ijtimoiy masofa saqlab, tana haroratini o‘lchagan holda amalga oshiriladi. Darslar “sinf sistemasi”da olib boriladi, ya’ni barcha darslar bir sinf uchun bir xonada olib boriladi. Maktablarga dezinfeksiya vositalari mahalliy hokimliklar tomonidan yetkazib beriladi, o‘qituvchilar tomonidan emas.

    Koronavirus O‘zbek milliy akademik drama teatri direktori, xizmat ko‘rsatgan artist Fathulla Mas’udovni 57 yoshida olib ketdi. Avvalgi hafta “Sotti” roli bilan mashhur bo‘lgan taniqli aktrisa Dilbar Ikromova koronavirusdan ko‘z yumgan edi. Ulkan qozonda pishirgan palovini Ginnes rekordlar kitobiga kirgizgan taniqli oshpaz Bahriddin Chustiy hozir shifoxonada koronavirusdan davolanmoqda.

    O‘zbekistonda tashqaridagi koronavirusni yo‘q qiluvchi texnologiya yaratilgani aytilmoqda. U havodagi va narsa-buyumlarning sirtidagi koronavirusga qiron keltiradi, deyilyapti.

    * * *

    O‘zbekistonda Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi ham tashkil etiladigan bo‘ldi. Qo‘mita pillachilik va qorako‘lchilik sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, ushbu tarmoqlarni yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni yuritgan holda, muvofiqlashtirilgan tarzda rivojlantirishni ta’minlash; tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat’iy hisobini yuritish va fondini o‘rganish, shuningdek, pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini yaxshilash; ipak qurti va qorako‘l zotli qo‘ylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish va boshqa vazifalarni bajaradi. Qo‘mitalar soni o‘ndan oshdi.

    * * *

    So‘xlik bloger Haydarjon Bobohaydarov (Dadaxon Haydarov) ikkinchi sentyabr kuni qo‘yib yuborildi. Advokatning aytishicha, himoyasi ostidagi shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb etish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish uchun yetarli asoslar bo‘lmagan.

    Ammo bu hafta yana bir blogerga nisbatan noxush munosabat bo‘ldiki, uni dayjestimizga qo‘shdik. Namanganlik videomontajchi bloger Shavkat Egamberdiyev Akfa, Artel va Toshkent hokimi haqidagi yaratgan hajviy videosi internetda keng tarqalib ketdi. Videoda “6 sekund” deb yozilgan taksini va avtomashina orqa oynasida pushti rangdagi kalta paypoqni ko‘rish mumkin. Keyin Shavkat Egamberdiyevning o‘zi yelkasida konditsioner ko‘targan holda ko‘rinadi va cho‘ntagidan dollar valyutalarini chiqarib, havoga sochadi. Pullar Cartel va Brakfa yozuvlari aks etgan binolar tomonga uchadi. Shuningdek, Cartel binosinining pastida “lyubaya monopoliya xorosha” va “duxa net” kabi jumlalar yozilgan. Banknotalar shamol parraklari tomon uchadi, boshqa tomondan esa maishiy texnika vositalari chiqadi. Brakfa deb yozilgan binoning tom qismida Jahongir Ortiqxo‘jayevga o‘xshash kishi Gangnam Style uslubida raqsga tushmoqda...

    Foto: Instagram / @egamberdiyev.sh

    Foto: Instagram / @egamberdiyev.sh

    Bu video chiqqach, Artel’chilar ijtimoiy tarmoqda montajchini tanqidbo‘ron qildi. Kompaniya vakili bloger bilan “suhbatlashish” uchun atay Namanganga borgan. Shundan keyin Shavkat Egamberdiyev “Instagram” orqali uzr so‘radi. “Fayzbog.uz” voqeaga bag‘ishlab quyidagi fotokollajni ulashdi.

    Foto: Telegram / “Fayzbog.uz”

    Foto: Telegram / “Fayzbog.uz”

    * * *

    Yurtimiz musulmonlari uchun bu hafta juma namozini masjidda ado etish quvonchini hadya etdi. Yarim yildan beri juma namozi o‘qilmagan masjidlar juma kuni ko‘p sonli namozxonlar bilan to‘lib-toshdi. Maxsus komissiya belgilagan qoidalar asosida ijtimoiy masofani saqlagan holda “shaxmat” ko‘rinishida joylashib ibodat ado qilindi. Masjidlarda ijtimoiy masofalanishga imkon berish uchun ajratuvchi chiziqlar tortildi. Namozxonlar ibodatga tibbiy niqobda kelishiga e’tibor qaratildi. Buni yoddan chiqarganlar uchun esa niqob berilishi yo‘lga qo‘yildi.

    * * *

    Xalqimiz hayotida unchalik katta ahamiyatli bo‘lmagan bir yangi qaror chiqdi. Biz ham uni dayjestimizga shartta qo‘shib yubordik. Gap O‘zbekistonda qo‘shfamiliyalilikka ruxsat berilgani haqida ketmoqda. Hukumat tomonidan tasdiqlangan FHDYo sohasiga oid qaror bilan nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat berildi. Masalan, kuyov Ahmedov, kelin Shuhratova bo‘lsa, kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova bo‘lishi mumkin. Ya’ni endi bizda ham Saltikov-Shchedrin, Antuan de Sent-Ekzyuperi, Garriet Bicher-Stou kabi familiyali insonlar paydo bo‘lishi mumkin.

    * * *

    Avvalambor aytish kerakki, O‘zbekistonda ochiq osmon ostida masofa saqlab o‘tkazilayotgan qabul imtihonlari The New York Times nazariga tushib, bosh sahifasidan o‘rin oldi. Stadionda imtihon topshirayotgan talabalar ustiga yomg‘ir tomchilaganida ular ustiga uzunasiga sellofan tortib qo‘yilgani rasmi ham ko‘pchilikning e’tiboriga tushdi. Ammo javoblar varaqasidagi bir savol doirasida umuman javob belgilamagan abituriyent javobni to‘g‘ri topgani (ha, to‘g‘ri o‘qidingiz, rasmga qarang) kishini nihoyatda hayron qoldiradi. Bu javoblar varaqasida nimalar yo‘q deysiz. Qaysi biri doirachalarga ismini bo‘yab yozgan bo‘lsa, yana bir prorektorning o‘g‘li 60 ta savolning barchasiga to‘liq to‘g‘ri javob bergani odamni shubhalarga yetaklaydi.

    Foto: Telegram

    Foto: Telegram

    Shuningdek, internetda imtihon partasi ostiga narsa qo‘yib ketgan guruh nazoratchisining videosi tarqaldi. DTM darhol izoh berib nazoratchi tibbiy niqob qo‘yganini bildirdi.

    Foto: Telegram / “Troll.uz”

    Foto: Telegram / “Troll.uz”

    “Daryo”da qoling va eng so‘nggi yangiliklardan eng birinchi xabardor bo‘ling. Karantin tartib-qoidalariga rioya qiling, deyishdan charchamaymiz.

    06.09.2020, 23:39   Izoh (0)   64388
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    SSV: O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalinayotgan bemorlarning aksar qismi 30-50 yoshdagi odamlar

    06.09.2020, 23:26

    Oliy Majlis deputati aytgan gapidan qaytdi: Toyloq tumani haqidagi xabar yana bir bor rad etildi

    06.09.2020, 23:15

    O‘zbekistonda Rossiya yoki Xitoy vaksinasini xarid qilish masalasi muhokama qilinmoqda

    06.09.2020, 22:07

    DTM internetda suratlari tarqalgan testlar bo‘yicha abituriyentlarga chora ko‘rilganini bildirdi

    06.09.2020, 18:40

    Dezinfeksiya tunnellari koronavirusga qarshi kurashda foydasiz ekanligi ma’lum qilindi

    06.09.2020, 18:26

    Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari: “2020-yilgi paxta mavsumi ikkita murakkab talabga muvofiq tashkil etiladi”

    06.09.2020, 16:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Gonsalo Garsiya bilan yangi shartnoma imzolaydi

    Sport | 6 avgust, 11:16

    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!

    Reklama | 6 avgust, 10:30

    Janubiy Koreya sobiq prezidentining rafiqasi korrupsiyada ayblandi

    Dunyo | 6 avgust, 11:05

    Kinotavsiya: sevib tomosha qilinadigan 7 ta fransuz komediyasi

    Kino | 6 avgust, 10:58

    Raqobat qo‘mitasi Yandeks Market reklamasi ishi bo‘yicha Uzum Market foydasiga qaror chiqardi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:45

    Indoneziya aviakompaniyalariga O‘zbekistonning barcha xalqaro aeroportlariga parvoz qilish huquqi berildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 10:24

    Generallar Putinga Ukraina mudofaasi 2-3 oyda qulashiga va’da berdi — Reuters

    Dunyo | 6 avgust, 10:08

    Nima uchun Buyuk Britaniyada qirollik to‘y tortining bir bo‘lagi saqlab qo‘yiladi?

    Shou-biznes | 6 avgust, 09:58

    “Manchester Siti” himoyachisi Vitor Reys faoliyatini La Ligada davom ettiradi

    Sport | 6 avgust, 09:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.