Toshkent shahri Mirobod tumanida xonadonga kirib, o‘g‘rilik qilgan shaxs ushlandi deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Qayd etilishicha, 18-avgust kuni Mirobod tumani ichki ishlar organlariga 37 yoshli Malika S. murojaat qilib, uning xonadonidan 11 500 000 so‘m va 3 600 AQSh dollari yo‘qolgani haqida xabar bergan.
Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar davomida o‘g‘rilikda gumonlanuvchi shaxs 39 yoshli G‘ulom U. ekanligi aniqlangan.
Tergov davomida ma’lum bo‘lishicha, G‘ulom U. xonadonga shaxta orqali kirgan. Tergov davom etmoqda.
Mavzuga doir:
- Navoiyda 42 mln so‘mlik oltin qum zarralarini o‘g‘irlashga uringan kon nazoratchisi ushlandi
- Toshkentda ikki nafar ishchi omborxonadan 57 ming dollarlik trikotaj mahsulotlarini o‘g‘irlab ketgani aniqlandi
- Yakkasaroyda o‘zi ishlagan joyning omboridan deyarli 154 mln so‘mlik kameralarni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Izoh (0)