• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etiladi

    Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmonini imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

    Farmonga ko‘ra:

    • 2021-yil 1-iyulga qadar respublikaning yaylovlarga ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda shohli nasldor mollarni ko‘paytirish, shuningdek, mol so‘yish, teri va junni qayta ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish bo‘yicha qorako‘lchilik klasterlari (keyingi o‘rinlarda – klasterlar) tashkil qilinadi;
    • klasterlarga qorako‘l zotli qo‘ylarini boqishga mo‘ljallangan, shu jumladan, o‘rmon bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlaridan yaylovlar ijaraga beriladi;
    • klasterlarga yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qo‘llagan holda mayda shohli nasldor mollarni ko‘paytirish, klaster ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali xomashyoni chuqur qayta ishlashni va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha majburiyatlar yuklanadi;
    • klasterlar Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan yaqindan hamkorlik qiladi;
    • 2021-yil 1-yanvardan boshlab klasterlarga hududlarda shaxtali va tik quduqlar, shuningdek, suv tortish uchun nasos stansiyalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi “Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4567-son qarori 2-bandida nazarda tutilgan 120 million so‘mgacha miqdorda subsidiyalar berish tartibi qo‘llaniladi;
    • Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda – Uyushma) a’zolari – klaster ishtirokchilariga mayda shohli nasldor mol xarid qilish va ko‘paytirish, shuningdek, mol so‘yish, ozuqa bazasini yaratish, yarim tayyor va tayyor, shu jumladan, go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish, teri va junni qayta ishlash hamda binolarni rekonstruksiya qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash loyihalarini moliyalashtirish uchun 2020–2023-yillarda ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga, loyihalar hajmi, soni va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan valyuta turidan qat’i nazar, tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan foiz stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizlik punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiyalar beriladi;
    • uyushma a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o‘rni yaratish sharti bilan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birga 2021-yil 1-iyulga qadar tashkil etilayotgan klasterlarga ozuqa bazasini yaratish uchun foydalanishga kiritilayotgan qishloq xo‘jaligi maydonlaridan 1-ilovaga muvofiq ajratib berilishini ta’minlanadi.

    Moliya vazirligi 2020-yil 1-oktabrga qadar Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi huzuridagi Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasiga O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4420-son qaroriga muvofiq davlat budjetidan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning qolgan qismini ajratiladi.

    2021–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonda qorako‘lchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlari tasdiqlanadi.

    Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etiladi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilanadi:

    • pillachilik va qorako‘lchilik sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, ushbu tarmoqlarni yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni yuritgan holda, muvofiqlashtirilgan tarzda rivojlantirishni ta’minlash;
    • tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat’iy hisobini yuritish va fondini o‘rganish, shuningdek, pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini yaxshilash;
    • ipak qurti va qorako‘l zotli qo‘ylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish;
    • pilla va qorako‘l terisidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida xomashyo tayyorlash va uni qayta ishlash uchun qulay sharoitlar yaratish;
    • marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda ipak va qorako‘ldan tayyorlangan mahsulotlarni eng avvalo tashqi bozorlarda sotishga ko‘maklashish;
    • pillachilik va qorako‘lchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga o‘z faoliyatini kengaytirish, klasterlar tashkil etish va mahsulotni eksport qilishda har tomonlama yordam berish.
    Quyidagilar:
    • Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti – “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi ixtiyoridan;
    • Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti –Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ixtiyoridan;
    • Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi – “O‘zchorvanasl” agentligi ixtiyoridan qo‘mitaga o‘tkaziladi.
    O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan, ipak momig‘i) va xom ipak (TIF TN kodi – 5002 va 5003)ni olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan e’tiboran olib chiqiladigan ipak chiqindilari (shu jumladan, ipak momig‘i) va xom ipakning har bir kilogrammi uchun 0,05 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

    “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Pillachilikni rivojlantirish jamg‘armasi tashkil qilinadi va O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali ipak chiqindilari (shu jumladan, ipak momig‘i) va xom ipak (TIF TN kodi – 5002 va 5003)ni olib chiqishda undiriladigan yig‘imlardan to‘liq hajmdagi tushumlar, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar uning mablag‘larini shakllantirish manbasi etib belgilanadi.

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda qo‘mita boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

    • 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti va Samarqand veterinariya meditsinasi instituti filiallarida qorako‘lchilik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha maxsus yo‘nalishlar ochishni nazarda tutiladi;
    • Samarqand veterinariya va meditsina texnikumida mayda shohli mollarni ko‘paytirish hamda ipak qurti yetishtirish bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini ta’minlanadi;
    • Marg‘ilon shahridagi 1-son kasb-hunar maktabida ipak qurti yetishtirish, xom ipakni qayta ishlash va ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini ta’minlanadi;
    • Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti ularga mayda shohli mollarni va ipak qurtini ko‘paytirish bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tashkil qilishda ilmiy-metodik yordam ko‘rsatish vazifasini yuklagan holda tegishincha Samarqand veterinariya va meditsina texnikumiga va Marg‘ilon shahridagi 1-son kasb-hunar maktabiga biriktiriladi.
    Qo‘mita 2021-yil 1-iyulga qadar:
    • klasterlar tashkil qilish va ularga yaylovlarni ijaraga berish uchun tashabbuskorlarni, shu jumladan, chet ellik tadbirkorlar orasidan tanlab oladi;
    • ishtirokchilarning klasterlar faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha aniq majburiyatlarini belgilagan holda, tashabbuskorlar hamda Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti bilan shartnomalar tuzadi;
    • klaster ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalari o‘rnatilishini ta’minlaydi;
    • olis cho‘l hududlarida mayda shohli nasldor mollarni sug‘orish uchun mavjud inshootlar (tik va shaxtali quduqlar)ni rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish bo‘yicha 2021-yilga mo‘ljallangan dasturni tasdiqlaydi.
    Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I.Barnoyev zimmasiga yuklandi.

    Mavzuga doir:

    • Shavkat Mirziyoyev kartoshka ekiladigan yerlarni kamida 50 ming gektarga yetkazish va hosildorlikni 2 barobar oshirish haqida topshiriq berdi
    • Toshkent viloyatida noqonuniy obyektlar qurilishining oldini olish maqsadida ixtisoslashtirilgan prokuratura tashkil etiladi
    • Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida yangi inspeksiya tashkil etildi

    03.09.2020, 15:11   Izoh (0)   35475
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda kollejlarga qabul kvotalari tasdiqlandi

    03.09.2020, 14:35

    Farg‘onada bir yoshli farzandini 1,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan 24 yoshli ayol qo‘lga olindi

    03.09.2020, 13:59

    Termizda uch abituriyent qizni imtihonga olib ketayotgan Nexia YTHga uchradi (video)

    03.09.2020, 13:11

    Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarining ikkinchi kuni — suratlarda

    03.09.2020, 12:46

    Uzbekistan Airways 4-sentabrdan beshta davlat bilan muntazam xalqaro aviaparvozlarni tiklaydi

    03.09.2020, 12:35

    Angliya yuqori sudi o‘zbek paxtasini Yevropa Ittifoqiga eksport qilishga qarshi da’voni rad etdi

    03.09.2020, 11:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kanada AQSH tovarlariga javob bojlarini bekor qiladi

    Dunyo | 22 avgust, 22:20

    Ilon Mask Mark Sukerberg bilan OpenAI’ni sotib olishni muhokama qilgani ma’lum bo‘ldi

    Dunyo | 22 avgust, 22:10

    Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga tuya va bo‘taloq sovg‘a qildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:51

    2,6 mlrd so‘mlik tovar kodlarini o‘zgartirib, bojxona to‘lovidan qochmoqchi bo‘lganlar aniqlandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:48

    Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 600 kg yaroqsiz go‘sht savdoga chiqishining oldi olindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:30

    Tramp Baydenni Ukrainaga Rossiyaga javob berishga imkon bermagani uchun tanqid qildi

    Dunyo | 22 avgust, 21:15

    O‘zbekistonda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:06

    Samarqandda tez yordamga yo‘l bermagan Spark haydovchisi javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 21:00

    Taxtda olib yurilgan murda: “Muhtasham yuz yil”da sulton Sulaymonning o‘limi haqidagi dahshatli haqiqat tushirib qoldirilgan

    Kino | 22 avgust, 20:49

    AQSH razvedkasida Rossiya bo‘yicha ishlovchi 36 nafar xodim maxfiy ma’lumotlarga kirish huquqidan mahrum qilindi

    Dunyo | 22 avgust, 20:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.