“Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘zining holati haqida gapirdi. Avvalroq 51 yoshli mutaxassis koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgandi.
Asta-sekin o‘zimga kelyapman, ishtaha va ovoz qaytdi, organizm tuzalmoqda. Asosiysi — haroratim yuqori emas, yaqinda o‘lchadim — 36,9, dastlabki kunlari 37 dan tushmayotgandi. O‘zimni yaxshi his qilmayotgandim.Rossiyalik mutaxassis xastaligi sabab jamoasining “Qo‘qon-1912” (0:1) va “Paxtakor”ga (1:1) qarshi o‘yinlarini o‘tkazib yubordi. Mazkur bahslarda “Navbahor”ni No‘mon Hasanov boshqarib bordi.Hozirda Toshkentdagi mehmonxonadaman, 3-sentabr kuni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘taman. Agar hammasi yaxshi bo‘lsa, Namanganga qaytaman, aks holda kasalxonaga yotsam kerak, biroq bunga qadar yetib boradi deb o‘ylamayman.
Holsizlik hali ham tark etmagan, so‘nggi kunlarda besh kilogramm vazn tashladim, menimcha, istalgan kasallikdan keyin shunday bo‘lsa kerak. Men bilan birga kasallangan futbolchilar hozirda Namanganda bo‘lib turibdi va takroriy test topshirmoqda. Aytishlaricha, uch nafar futbolchi tuzalgan. Baxtimizga hozirda chempionatda tanaffus yuzaga keldi, tez orada qolgan o‘yinchilar ham tuzalib ketishiga umid qilyapmiz.
Andrey Kanchelskis, “Navbahor” bosh murabbiyi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)