PSJ matbuot xizmati jamoaning uch nafar futbolchisida koronavirus aniqlanganini ma’lum qildi.
Kasallanganlar tegishli yo‘riqnomalarga ko‘ra izolyatsiyaga olingan va shifokorlar nazoratida bo‘lib turibdi. Klubning qolgan vakillari ham COVID-19 ga test topshiradi. Klub infeksiya yuqtirib olganlar nomini oshkor qilmagan.
L’Equipe nashrining xabar qilishicha, infeksiya bilan zararlangan futbolchilar — Neymar, Leandro Paredes va Anxel di Mariya.
Ularning barchasi ta’tilni Ibitsada o‘tkazgandi. Ular bilan birga Mauro Ikardi, Ander Errera va Keylor Navas ham bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, parijliklar Fransiya chempionatining 2-turi doirasida 10-sentabr kuni “Lans”ga qarshi o‘ynaydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)