“Barselona” sobiq hujumchisi Henrik Larsson jamoa murabbiylar shtabidan o‘rin oldi.
Shvetsiyalik mutaxassis katalon klubi bilan 2022-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Shuningdek, “Hoffenhaym” va “Ayaks” sobiq murabbiyi Alfred Sxroyder ham Ronald Kumanga yordam beradi.
Larsson 2004—2006-yillar mobaynida “Barselona”da to‘p surgan. U jamoa bilan ikki bor Ispaniya chempionati va bir bor Chempionlar Ligasi bosh sovriniga ega chiqqan. Larsson “Xelsingborg” va “Falkenberg” jamolarida murabbiylik faoliyatini olib bordi.
Mavzuga doir:
- Ronald Kuman “Barselona”ga qaysi futbolchilarni olib kelmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi
- Ronald Kuman: Messi — dunyoning eng yaxshi futbolchisi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)