Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final bahslari yakunlangach, UEFA haftaning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasini e’lon qildi.
Unga ko‘ra ushbu nomga “Bavariya” yarim himoyachisi Serj Gnabri loyiq ko‘rildi. Gnabri “Lion”ga qarshi bellashuvda (3:0) dubl qayd etgandi.
Serj bu yo‘lda quyidagi da’vogarlarni ortda qoldirdi:
- PSJ yarim himoyachisi Anxel di Mariya “Leypsig”ga qarshi uchrashuvda (3:0) bitta gol urdi va ikkita golli uzatma amalga oshirdi.
- PSJ hujumchisi Neymar “Leypsig”ga qarshi o‘yinda (3:0) bitta golga assistentlik qildi.
- “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski “Lion”ga qarshi bahsda 1 ta gol urdi va 1 ta golga hammualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)