Taniqli futbol agenti Vagner Ribeyro PSJ hujumchisi Neymar va “Barselona” forvardi Lionel Messining kelajagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Neymar Parijdagi faoliyatidan mamnun. Menimcha, u PSJda kamida yana ikki yil qoladi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Messi katalon klubidagi vaziyatdan noroziligi va shu yozda klubni tark etmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.Hozir Neymarning “Barselona”ga qaytishidan ko‘ra Messining PSJga o‘tishini tasavvur qilish osonroq.
Men jiddiy gapiryapman, Qatarning moliyaviy imkoniyatlariga shubha qilmagan ma’qul.
Vagner Ribeyro, futbol agenti
Ma’lumot uchun, Parij klubining prezidenti qatarlik tadbirkor Nosir al-Helayfi sanaladi.
Izoh (0)