• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 18-avgust kuni 591 kishida koronavirus aniqlandi. COVID-19’dan vafot etganlar soni 250 nafardan oshdi

    O‘zbekistonda 17-avgust soat 23:30 dan 18-avgust soat 23:30 gacha koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 591 ta holat qayd etildi. Ketma-ket ikkinchi kun kasallanish holatlari 600 taga yetmayapti va oxirgi 23 kun ichidagi eng past natija qayd etildi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 36 518 nafarga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 243, “Daryo” hisobi bo‘yicha 252 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 243, “Daryo” hisobi bo‘yicha 252 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallangan 591 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan:
    • Toshkent shahrida — 384 nafar;
    • Toshkent viloyatida — 158 nafar;
    • Samarqand viloyatida — 26 nafar;
    • Namangan viloyatida — 9 nafar;
    • Surxondaryo viloyatida — 8 nafar;
    • Andijon viloyatida — 4 nafar;
    • Farg‘ona viloyatida — 2 nafar.
    Kun davomida 7 ta hududda koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi.

    Toshkent shahrida 384 kishida koronavirus aniqlandi. Avgust oyida Toshkentda eng kam kasallik aniqlangan kunda (2-avgust) 325 kishida, eng ko‘p kasallik aniqlangan kunda (9-avgust) 509 kishida COVID-19 qayd etildi. 1—18-avgust oralig‘ida poytaxtda (karantin zonasida aniqlangan holatlarni hisobga olmasa) 7552 ta yangi holat aniqlandi. Bu kasallanganlar soni bo‘yicha 2—3-o‘rinlarda turgan Toshkent va Samarqand viloyatlaridagi epidemiya mavsumi boshidan beri aniqlangan holatlardan ham ko‘p deganidir. Hozirda Toshkent shahrida aniqlangan umumiy kasallanish holatlari 22 175 taga yetdi.

    Toshkent viloyatida 158 kishida COVID-19 aniqlandi. Viloyatda 23-iyuldan boshlab har kuni kasallikka chalinish holatlari qayd etilmoqda, 26-iyuldan beri esa har kuni koronavirusga chalinganlar soni 100 nafardan oshmoqda (ikki marta 200 tadan ham oshdi). Avgust oyining 18 kuni ichida Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar soni 3059 kishiga ko‘paydi. Bu viloyatdagi jami kasallanish holatlarining 53 foiziga tengdir.

    Samarqand viloyatida 26 kishida koronavirus qayd etildi. Oxirgi 9 kun ichida Samarqandda har kuni yangi bemorlar ro‘yxatga olindi, bu kunlarning yettitasida viloyat kunlik kasallanishlar soni bo‘yicha Toshkent shahri va viloyatidan so‘ng uchinchi natijani qayd etdi. Samarqand uchun avgust oyi eng ko‘p kasallanish holatlari qayd etilgan oy bo‘ldi. 18 kun ichida viloyatda 585 kishida kasallik aniqlanib, bemorlarning umumiy soni 1523 nafarga yetdi. Samarqand koronavirusga chalinganlar soni 1500 dan oshgan Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan so‘ng 3-hudud bo‘ldi.

    Namangan viloyatida 9 kishida kasallik aniqlandi. Viloyatda avgust oyida 86 kishida koronavirus aniqlandi. Bu Namangan viloyatidagi jami kasallanish holatlarining 10,3 foiziga teng deganidir.

    Surxondaryo viloyatida 8 kishida COVID-19 qayd etildi. Ushbu viloyatda 1 haftadan beri yangi holatlar ro‘yxatga olinmayotgandi. 11-avgustda ham Surxondaryoda 8 kishida koronavirus aniqlangandi. Surxondaryoda koronavirusga chalinganlar orasida viloyat hokimi To‘ra Bobolov ham bor edi. Bir oy davom etgan davolanishlardan so‘ng Bobolov butkul sog‘aydi va 16-avgust kuni Toshkentdan Surxondaryoga qaytdi. Hokim darhol o‘z faoliyatiga kirishishga ulgurgan. To‘ra Bobolov koronavirusga chalingan viloyat hokimlari orasida kasallikdan tuzalgan birinchisi bo‘ldi.

    Andijon viloyatida 4 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda bir oy ichida (17-iyuldan beri) faqat 3 marta — 25-iyul, 8-avgust va 15-avgust kunlari yangi kasallanish holatlari aniqlanmadi. Hozir Andijonda koronavirusga chalinganlar soni 1152 nafarga yetgan. Bu vodiyning qolgan ikki viloyati — Namangan (834 ta holat) va Farg‘ona (312) viloyatlaridagi umumiy kasallanganlar sonidan (1146) ham ko‘p deganidir.

    Farg‘ona viloyatida 2 kishida COVID-19 qayd etildi. Farg‘onada koronavirusga chalinganlar soni 312 nafarga yetdi. Ushbu holatlarning 58 tasi yoki 19 foizi avgustda aniqlandi.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    SSV Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etganini xabar qildi. Avgust oyida SSV 6 kunda vafot etganlar 5 nafardan bo‘lgani, 12 kunda vafot etganlar 6 nafardan bo‘lganini xabar qildi.

    Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Yashnobod tumanida yashagan 60 yoshli D.P. ismli ayol vafot etgan.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 52 yoshli A.E. ismli erkak vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli M.Yu. ismli ayol vafot etgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Toshkent viloyati Angren shahrida yashagan 61 yoshli M.G. ismli ayol vafot etgan.

    Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashagan 44 yoshli U.I. ismli erkak vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 243 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 252 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 19-iyul kuni Chilonzor tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bakteriologiya laboratoriyasi mudiri 62 yoshli Marhabo Ahmedova, 22-iyulda bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan 66 yoshli Hakimbay Xalimov koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. 31-iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi, 53 yoshli Xayriddin Shermuhamedov, 1-avgust kuni Toyloq tumani prokurori Farhod Abduxoliqov, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi “Buyuk kelajak” kengashi eksperti Sanjar Jalolov 58 yoshida vafot etgani xabar berildi. Biroq ushbu to‘qqiz holat haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4052 nafar bemordan 411 nafari og‘ir, 125 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlarning umumiy soni 6 kundan buyon kamaymoqda: 12-avgust kuni 1785 kishining ahvoli og‘ir bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich 536 nafarga tushdi. Uch hafta oldin — 29-iyulda ham ahvoli og‘ir bemorlar soni deyarli shuncha edi: 537 nafar. Ammo o‘shanda davolanayotgan bemorlar soni hozirgidan 2,3 baravar ko‘p edi: 9517 nafar. Hozirda davolanayotgan bemorlarning 13 foizining ahvoli og‘ir.

    Kasallikdan davolanish

    18-avgust kuni O‘zbekistonning 8 ta hududida 643 kishi koronavirusdan sog‘aydi. Oxirgi 20 kun ichida 19-marta bir kunda sog‘ayganlar soni kunlik kasallanish ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lmoqda.

    Yangi tuzalganlarning

    • 402 nafari Toshkent shahrida;
    • 165 nafari Toshkent viloyatida;
    • 34 nafari Samarqand viloyatida;
    • 20 nafari Buxoro viloyatida;
    • 10 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 7 nafari Andijon viloyatida;
    • 3 nafari Navoiy viloyatida;
    • 2 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
    Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 36 518 nafar bemordan 32 223 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda. Bir kun ichida bu boradagi ko‘rsatkich o‘zgarmadi.

    Ba’zi bemorlar juda tez tuzalishga muvaffaq bo‘layotganini qayd etish joiz. 12-avgustdan beri hozirgacha 4535 kishida koronavirus aniqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 4052 nafar bemor COVID-19’dan davolanmoqda. Lekin davolanishi iyul oyidan beri davom etayotgan bemorlar ham bor. Misol tariqasida bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev va Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Karim Kamolovni aytish mumkin. Ularda iyul oxirlarida koronavirus aniqlangandi.

    Hozirda eng ko‘p bemor Toshkent shahrida davolanmoqda — 3033 nafar. Farg‘onada 5, Jizzaxda 9, Navoiyda 14, Qashqadaryoda 18, Xorazmda 24, Surxondaryoda 25, Sirdaryoda 29, Qoraqalpog‘istonda 33, Andijonda 40, Namanganda 49, Buxoroda 54, Samarqandda 167 va Toshkent viloyatida 552 nafar bemor qoldi.

    Bemorlarning juda tez tuzalishi mavzusini Toshkent viloyati misolida davom ettirsak. Oxirgi 4 kun ichida (15-avgustdan 18-avgustgacha) viloyatda 629 kishida koronavirus aniqlangan. Ammo mazkur hududda hozirda 552 kishi koronavirusdan davolanmoqda. Bu degani viloyatda 4 kun oldin kasalligi aniqlangan bemorlarning ba’zilari tuzalishga ulgurgan deganidir.

    18.08.2020, 23:56   Izoh (0)   115174
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 1-sinf uchun qariyb 90 foiz bolaning hujjati qabul qilindi

    18.08.2020, 23:46

    Bo‘stonliq—Toshkent—Bo‘stonliq yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

    18.08.2020, 23:34

    Olmaliqda haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan 19 yoshli yigit Nexia’ni katta tezlikda boshqarib, Damas’ga urildi (video)

    18.08.2020, 23:22

    “Toshkent shahar suv ta’minoti”ga yangi rahbar tayinlandi

    18.08.2020, 22:45

    O‘zbekistonda aholini sentabr oyidan gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi

    18.08.2020, 22:07

    Xalq ta’limi vazirligi: O‘zbekistondagi barcha maktablarda oktabrgacha burjuyka pechlaridan voz kechiladi

    18.08.2020, 21:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp qaytganidan so‘ng AQSH obro‘si butun dunyo bo‘ylab keskin pasaydi — Politico

    Dunyo | 12 may, 20:25

    Abdulla Aripov Eron prezidenti qabulida bo‘ldi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 12 may, 20:15

    Xonanda Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 20:10

    Sloveniyaning O‘zbekistondagi elchisi almashdi

    O‘zbekiston | 12 may, 20:05

    Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda — OAV

    Dunyo | 12 may, 19:50

    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda

    Reklama | 12 may, 18:00

    Green Card-2025 da eng ko‘p o‘rinni o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritdi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:40

    “Botanika” turar joy majmuasi qurilishi tadbirkorlar eʼtirozi sabab to‘xtatiladigan bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:38

    Tez-tez shamollash, holsizlik, asabiylashish: osteopatiya qanday muammolarni yechishga yordam beradi?

    Maslahatlar | 12 may, 19:30

    O‘zbekistonda kambag‘al oilalar toifalarga qanday ajratilishi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 may, 19:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.