O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli mashinalar soni 4,6 milliondan oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 612,7 mingta avtotransport vositasi ro‘yxatga olingan. Ularning 93 foizini yengil avtomobillar tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 441,5 mingtaga yuqori. Yanvar iyun oylaridagi kuzatuv natijalariga ko‘ra, har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 59 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan. 2010-yilda ushbu raqamlar 21 tani tashkil etgandi.
Jismoniy shaxslarga tegishli avtotransport vositalarining turlari bo‘yicha soni quyidagicha:
- yengil avtomobillar — 4 289,0 ming dona;
- yuk avtomobillari — 302,6 ming dona;
- mikroavtobuslar — 7,7 ming dona;
- maxsus transport vositalari — 7,3 ming dona;
- avtobuslar — 6,1 ming dona.
Joriy yilning ilk 4 oyida eng ko‘p ishlab chiqarilgan yengil avtomobil Cobalt bo‘lgandi. Yanvar aprel oylarida 44 747 dona shu rusumdagi mashina yig‘ilgan.
Izoh (0)