“Chelsi” klubi sobiq a’zosi Villian Londonning boshqa bir klubi “Arsenal” bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “to‘pchilar” rasmiy sayti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Villian “Arsenal” bilan uch yillik kelishuvga imzo chekkan. U yangi jamoasi safida 12-raqam ostida to‘p tepadi.
Avvalroq braziliyalik futbolchining “Arsenal” safida haftasiga 220 ming funt maosh olishi oydinlashgandi.
2019/20-yilgi mavsumda Villian “Chelsi” safida Angliya Premyer Ligasida 36 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining “Chelsi”ni erkin agent sifatida mavsum so‘ngida tark etdi. U 2013-yildan beri “aristokratlar” safida harakat qilib kelayotgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)