PSJ darvozaboni Keylor Navas Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 final bosqichidan o‘rin olgan “Leypsig”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishi mumkin.
Keylor Navasning son qismida og‘riq bor. Tekshiruv va MRT natijalari ham shikastlanishini tasdiqladi. Qayta ko‘rik shanba, 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadi, ammo uning “Leypsig”ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida.Eslatib o‘tamiz, Navas musobaqaning chorak finalida “Atalanta”ga qarshi o‘yinning 79-daqiqasida o‘zini noqulay his qilgani uchun almashtirilgandi.PSJ bayonoti
Chempionlar Ligasi 1/2 finalidan o‘rin olgan PSJ —“Leypsig” o‘yini 18-avgust sanasiga belgilangan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)