“Leypsig” yarim himoyachisi Tayler Adams Yevropa Chempionlar Ligasi chorak finalida “Atletiko” darvozasiga gol urdi (2:1).
Shu tariqa 21 yoshli Adams Chempionlar Ligasining chorak finali yoki undan keyingi bosqichlarida gol urgan ilk amerikalik futbolchiga aylandi. Undan avval hech qaysi AQSh futbolchisi 1/8 finaldan keyingi bosqichda gol ura olmagandi.
Shuningdek, bu Tayler uchun “Leypsig” safidagi va Chempionlar Ligasidagi debyut gol bo‘ldi. Futbolchi 2019/20-yilgi mavsum Bundesligada 14 o‘yin o‘tkazib, samarali harakat amalga oshira olmagan edi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)