Qozog‘istonda 3—9-avgust kunlari koronavirus infeksiyasidan o‘lim holatlari soni 211 tani tashkil etgan. Bu haqda mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha rasmiy axborot tarqatuvchi Telegram’dagi “Coronavirus2020.kz” kanalida ma’lum qilindi.
Vafot etganlar soni hududlarga ko‘ra:
- Nur-Sulton shahri — 33;
- Olmaota shahri — 31;
- Chimkent shahri — 8;
- Aqmo‘la viloyati — 9;
- Aqto‘be viloyati — 3;
- Olmaota viloyati — 8;
- Atirau viloyati — 6;
- Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 28;
- Jambil viloyati — 1;
- G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 23;
- Qarag‘anda viloyati — 55;
- Mang‘istov viloyati — 1;
- Pavlodar viloyati — 3;
- Shimoliy Qozog‘iston viloyati — 1;
- Turkiston viloyati — 1.
Avvalroq Qozog‘iston milliy agrar universitetidagi Xalqaro vaksinatsiya markazida mamlakatda koronavirus infeksiyasiga qarshi birinchi emlash o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)