O‘zbekiston bo‘ylab “Nafas ol, O‘zbekiston!” aksiyasi boshlandi, deya xabar bermoqda tadbirkor va bloger Aziza Umarova.
“Bugun biz ‘Nafas ol, O‘zbekiston!’ aksiyasi doirasidagi harakatimizni boshlaymiz. Ezgu Amal jamg‘armasi odamlarga yordam berish uchun tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda bor kuch va imkoniyatini safarbar qilmoqda.
Bizning volontyorlarimiz — shifokorlar va OTM talabalari. Joylarga borish vaqti: 9:00 dan 18:00 gacha.
Loyiha ikki bosqichdan iborat. Dastlabki 5-8 kun volontyorlar telefon orqali chaqiruvlar bo‘yicha borishadi, keyinchalik vakolatli davlat idoralari bilan kelishib ularni 103 xizmati bilan birga yurishini tashkil etish rejalashtirilmoqda”, – deb yozadi Aziza Umarova
Tadbirkor konsentrator joyida faqat tibbiy ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan bemorlarga to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyingina qo‘yiladi. Apparat pasport evaziga va akt asosida ulab berilishi muhim eslatma sifatida ta’kidlangan.
Hozirda 5 litrlik apparatlar bor va homiylar tufayli bir nechta 10 litrlik apparatlar ham olingani ma’lum qilingan.
“Hozircha faqat Toshkent shahrida ish boshlayapmiz. Ha, biz bu kasallik ko‘lamini his qilib, bo‘lajak qo‘ng‘iroqlarning qanchalik ko‘p bo‘lishini bilib turibmiz. Shu bois volontyorlar hammaga javob berishga ulgurmay qolsa, oldindan uzr so‘raymiz. Konsentratorlar qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ko‘p odamga yordam berardik.
Shu bilan birga homiylar tomonidan ajratilgan 80+50 dona konsentratorlar viloyat shifoxonalariga jo‘natish rejalashtirilmoqda.
Qo‘llab-quvvatlagan barchaga katta rahmat. Biz birgalikda katta kuchmiz”, – deb yozadi Aziza Umarova.
Mavzuga doir:
- So‘nggi bir hafta ichida O‘zbekistonga qancha nafas oldirish apparati va kislorod konsentratorlari olib kelingani ma’lum qilindi
- Toshkent shahar FVB qo‘lbola kislorod uskunalaridan foydalanish xavfli ekanini ma’lum qildi
- O‘zbekistonda kislorod beruvchi apparatlar, PZR-test, MSKT bor klinikalarda onlayn navbatni tashkil qiluvchi Telegram-bot ishga tushirildi
Izoh (0)