Milanning “Inter” klubi bosh murabbiyi Antonio Konte mavsum so‘ngida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Franchesko Porsio xabar tarqatdi.
Ta’kidlanishicha, Kontening o‘rnini egallash uchun asosiy da’vogar “Yuventus” sobiq bosh murabbiyi Massimiliano Allegri bo‘lib turibdi. Qayd etish joiz, Konte avvalroq klub rahbariyatining mavsum davomida jamoaga kam yordam berganligini aytgandi.
Antonio Konte 2019-yilning may oyidan beri Milan klubini boshqarib keladi. 2019/20-yilgi mavsumda jamoa uning boshqaruvida A Seriyada 2-o‘rinni egalladi.
Izoh (0)