• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekiston 24” telekanali “O‘zekspomarkaz”dagi taqsimot markazini tark etishni istamayotgan bemorlarni xudbinlikda aybladi

    “O‘zbekiston 24” telekanali “Axborot 24” dasturining 29-iyul oqshomida efirga uzatilgan sonida Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuasida tashkil etilgan Maxsus taqsimot markazidan reportaj berildi. Unda asosiy mavzu ahvoli barqarorlashgan bemorlarning taqsimot markazini tark etishni istamayotgani, buning natijasida og‘ir ahvoldagi bemorlarga zudlik bilan yordam ko‘rsatish imkoniyati qo‘ldan chiqarilayotgani bo‘lgan.

    Quyida “O‘zbekiston 24” telekanali lavhasini tomosha qilishingiz, shuningdek, uning matnli ko‘rinishi bilan tanishishingiz mumkin.

    Islom Qoraboyev, “O‘zbekiston 24” telekanali boshlovchisi: O‘tgan hafta poytaxtimizda ish boshlagan “O‘zekspomarkaz”dagi taqsimot markazi ko‘pchilikning joniga oro kiryapti. Shu o‘rinda bir mulohaza, aniqrog‘i, juda ham muhim masala — bu yerda kasallik belgilari yengil yoki markazda darddan forig‘ bo‘lgan o‘nlab bemorlarni uchratish mumkin, ularga shifokorlar ko‘rsatmasi bo‘yicha uy sharoitida davolanish tavsiya qilinmoqda, zero, bo‘shagan o‘rinlarga muhtoj qancha og‘ir ahvoldagi bemorlar bor, balki o‘rtada hayot-mamot masalasi turgandir. Afsus, hamma ham buni tushunib yetmayapti. Qani o‘zbekona mehr-oqibat, insof-diyonat? Hech qanday dard insoniylik martabasidan ustun emas.

    Mehroj Darxonov, “O‘zbekiston 24” telekanali muxbiri: “O‘zekspomarkaz”dagi taqsimot markazida koronavirus kasalligiga gumon qilinganlar aniq tashxis qo‘yish va zarur yordamni ko‘rsatish ishlari olib borilmoqda. Bu yerda virusga chalinganlikda gumonlangan shaxslar vaqtinch saqlanib, ularga tez yordam ko‘rsatilib, tashxis qo‘yilganidan keyin salomatligining holatiga ko‘ra, Toshkentdagi davolash-profilaktika muassasalariga yo‘naltirilmoqda. Bugungi kungacha 1000 dan ortiq bemorlarga birlamchi yordam ko‘rsatilgan, tez yordamda o‘z ishining mohir ustalari ishlamoqda.

    Agar koronavirus alomatlari sezilsa, bemor muhokamalarsiz kasalxonalarga joylashtirilmoqda. Markazga tez yordam xizmati xodimlari ko‘magida olib kelingan og‘ir holatdagi bemorlarning qisqa muddatlarda sog‘lig‘i tiklanmoqda.

    Bemorlardan biri: “Ahvolim og‘ir edi. Sun’iy nafas olish apparatini ulab qo‘yishgan edi. Mana, bugun oltinchi kun, o‘zim nafas olyapman, yaxshiman”.

    Yana bir bemor: “Bugun, Xudo xohlasa, davolanishimning oltinchi kuni. Nafas qisishi bilan kelgandim, maza yo‘q edi, ko‘ngil aynishi, ishtahasizlik kuzatilayotgan edi. Hozir, Allohga shukr, shuncha yaxshi qarashyapti do‘xtirlarimiz”.

    Mehroj Darxonov, “O‘zbekiston 24” telekanali muxbiri: Markazdagi 250 nafar tibbiyot xodimlari tunu kun bemorlar boshida turib, ularning sog‘lig‘ini nazorat qilyapti. Har kuni tez tibbiy yordam ko‘magida poytaxtimizning turli hududlaridan 200 dan ortiq koronavirusga gumonlangan fuqarolar taqsimot markaziga olib kelinmoqda. Markazda tajribali mutaxassislar bemorlarda test va tahlillar o‘tkazib, kasallik darajasi va salomatligining holatiga ko‘ra shifoxonalarga yo‘naltirmoqda. Xastalik yengil kechayotgan va uy sharoitida davolanishni ma’qul deb bilganlar esa uyda o‘zini o‘zi izolyatsiya qilgan holda davolanishga yuborilmoqda. Ammo ba’zi bemorlarga ambulator sharoitda muolajalar tavsiya qilinsa-da, ular bu yerni tark etishni istamayapti.

    Abdulaziz Abdurahimov, Maxsus taqsimot markazi bosh shifokori: “Taqsimot markaziga shu kungacha 1000 dan ortiq bemor murojaat qilgan bo‘lsa, ba’zi bemorlar yetti kundan beri hali ham yotibdi. Saturatsiyasi yaxshi, qonning kislorodga to‘yinishi yaxshi, tana harorati normal. Lekin bu taqsimot markazi oxirigacha davolanadigan markaz emas. Kerak bo‘lsa, oksigenatorlarni tilxat bilan ma’lum bir vaqtga ularning o‘ziga foydalanib turish uchun berish taklifi ham chiqyapti hozir. Lekin bu bemorlar shunda ham rozi bo‘lmayapti”.

    Bemor ayol va bosh shifokor suhbati

    Bemor: Ertadan ketsammi, deb turgandim.Bosh shifokor: Kislorodga muhtoj ayrim bemorlar ham bor-da, vaziyatdan kelib chiqib sizga tavsiyalar bersak, sizni uyda davolanishga o‘tkazsak...

    Bemor: Ertadan, Xudo xohlasa.Bosh shifokor: Bugun-chi, bugun nima bo‘ladi?

    Bemor: Yo‘q, bugun ozgina mazam yo‘q.Bosh shifokor: Tana haroratingiz normal bo‘lsa, saturatsiyangiz yaxshi bo‘lsa...

    Bemor erkak va bosh shifokor suhbati

    Bosh shifokor: Aka, siz yaxshi bo‘lsangiz, sizga ruxsat beraylik? Boshqa bemorlar ham bor-da, kislorodga muhtoj bemorlar kelyapti.Bemor: Nafasimda ozgina qisish bor-da menda.

    Bosh shifokor: Kerak bo‘lsa, oksigenatorni ham beraylik sizga? Uyda ham qo‘yib turing... Bular ham yo‘q deyaptilar-da, ko‘ryapsizmi?Bemor: Hech bo‘lmasa yana bir-ikki kun muolaja olay, keyin mayli, Xudo xohlasa...

    Bemor ayol va taqsimot markazi xodimi suhbati

    Xodim: Ozgina mas’uliyatni his qilaylik, xuddi siznikidek ahvolga tushgan boshqa hamyurtlarimiz bor yana. Ularni ham ozgina tushunaylik, ularga ham mana bunaqa kislorod kerak. Hozir hammasiga joylayapmiz, agar shu yerda qolaman desangiz mana bu yerga yana bitta joy qilib beramiz, lekin o‘rningizga bitta odamni joylashtiramiz.Bemor ayol: Yo‘q, ketmayman.

    Mehroj Darxonov, “O‘zbekiston 24” telekanali muxbiri: Taqsimlash markazida kasallikdan tuzalib, yengil shaklni boshdan kechirayotgan o‘nlab bemorlar bor. Ularga shifokorlar ko‘rsatmasi bo‘yicha uy sharoitida davolanish tavsiya qilinmoqda. Holbuki ular og‘ir ahvoldagi bemorlar uchun hayot-mamot masalasi bo‘lib turgan davolanish o‘rinlarini bo‘shatgisi yo‘q. Bu esa markazga tushayotgan bosimni sun’iy ravishda oshirib yubormoqda. Guvohi bo‘lganingizdek bu bemorlarning ahvoli juda yaxshi, ammo ular o‘zlaridan boshqalarning g‘am-tashvishini zarracha o‘ylayotgani yo‘q. Xudbinlarcha o‘zini o‘ylayapti. Axir butun xalqimizning boshiga tushgan og‘ir kunlarda faqat o‘zini o‘ylash insofsizlik emasmi?

    Rushana Aytqulova, taqsimot markazi hamshirasi: “Bemorlarimiz shu darajadaki, ‘vipiska’ bo‘ladiganlarining ham ketgisi kelmayapti. Bu yerda sharoit yaxshi, biz bu yerga shunchalik o‘rganib qoldik, deb. Buyoqda og‘ir kasallar hatto navbat kutib turibdi, lekin bu yerdagi bemorlarning ketgisi kelmayapti, sharoit shunchalik yaxshiligidan”.

    Mehroj Darxonov, “O‘zbekiston 24” telekanali muxbiri: Mana shu taqsimot markazining 3-blokida 450 ga yaqin bemorlar davolanmoqda. Bugunning o‘zida mana shu 450 nafar bemorlarning 100 nafari poytaxtimizning boshqa, maxsus klinikalariga o‘tqaziladi. Taqsimot markazida har kuni bemorlarni qabul qilish, davolash va kasallikning oldini olish tizimi uzluksizligi ta’minlangan. Bu kabi ko‘rilayotgan qat’iy choralar qisqa muddatda o‘z samarasini beradi. Sabr-qanoat, insof-diyonat, eng muhimi, o‘zaro mehr-oqibatimiz, hamjihatligimiz bizni bu kunlardan omon saqlaydi.

    30.07.2020, 11:53   Izoh (0)   58266
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Karantin sababli qariyb 500 ming o‘zbekistonlik xorijda ishlashga keta olmagan

    30.07.2020, 11:27

    O‘zbekistonda o‘tgan bir kechada 287 kishida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda kasallanganlarning umumiy soni 22 872 kishiga yetdi

    30.07.2020, 10:08

    Buxoroda koronavirusga chalingan 68 yoshli ayol vafot etdi

    30.07.2020, 09:46

    “Dunyoda ‘Plakvenil’ni qo‘llash bo‘yicha aniq ko‘rsatma yo‘q” — nemis mutaxassisi avval JSST, so‘ng O‘zbekiston qo‘llanmadan chiqarib tashlagan preparat haqida

    30.07.2020, 09:40

    Shohrux G‘iyosov: Majburiy “plan” ish uslubidan umuman voz kechganmiz

    30.07.2020, 08:53

    O‘zbekistonning qishloq joylarida aholi turmushini yaxshilashda YuNESKO va Yevroittifoq yordam beradi

    30.07.2020, 07:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25

    Eron prezidenti Isroil havo kuchlari zarbasida jarohat olgan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 14:00

    Yevroittifoqning Rossiyaga nisbatan sanksiyalarini bloklab turgan Slovakiya qaroridan qaytishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 13:34

    Rossiya va Belarus “an’anaviy qadriyatlarga asoslangan” sun’iy intellekt yaratmoqchi

    Dunyo | 13 iyul, 12:48

    AQSH davlat departamenti islohot vaji bilan 1 350 dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatadi — CNN

    Dunyo | 13 iyul, 11:25

    “Mutlaqo kechirilmas va keskin qoralovga loyiq” — Qo‘ng‘irotboy Sharipov OTMga kirishdagi korrupsiya haqida

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:54

    Rossiya mamlakatning uchinchi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchisini milliylashtirdi

    Dunyo | 13 iyul, 10:38

    Farg‘onada fuqaro o‘z tanishini Gentra’da qasddan urib, o‘ldirib qo‘ydi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.