“Atalanta” yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiy A Seriya doirasida o‘tkazilgan “Parma”ga qarshi o‘yinda (2:1) o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
27 yoshli yarim himoyachi uchrashuvning 70-daqiqasida jarima zarbasidan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi.
Bu ukrainalik futbolchi uchun 2020-yil hisobida jarima zarbasidan urilgan 5-gol bo‘ldi. Bu Yevropa kuchli beshlik chempionatlari orasida eng yaxshi natija hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Malinovskiy ushbu mavsumda Italiya chempionatida 33 ta o‘yinda 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Ruslanning “Atalanta” bilan shartnomasi 2024-yil yozida yakuniga yetadi. Transfermark portali uning transferini 11 million yevroga baholagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)