Transfermarkt portali XXI asrda Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida 11 metrlik penaltidan eng ko‘p foydalana olmagan o‘yinchilar reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni “Barselona” hujumchisi Lionel Messi egallagan. Argentinalik futbolchi 22-marta penaltini golga aylantira olmagan.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni esa “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu va “Roma” sobiq forvardi Franchesko Totti bo‘lishib turibdi. Ularning har ikkalasi 11 metrlik zarbani amalga oshirishda 18 martadan xatoga yo‘l qo‘ygan.
Penaltidan foydalana olmagan futbolchilar 10 ligi quyidagicha:
1. Lionel Messi, “Barselona” — 22
2-3. Krishtianu Ronaldu, “Yuventus” — 18
2-3. Franchesko Totti, “Roma” sobiq hujumchisi – 18
4. Antonio di Natale, “Udineze” sobiq hujumchisi – 14
5. Edinson Kavani, PSJ – 13
6-7. Ueyn Runi, “Derbi Kaunti” – 12
6-7. Serxio Aguero, “Manchester Siti” – 12
8-10. Ronaldinyo, “Barselona” sobiq hujumchisi – 10
8-10. Rud van Nistelroy, “Manchester Yunayted” sobiq hujumchisi – 10
8-10. Arits Aduris, “Atletik” sobiq hujumchisi – 10.
- Bekhemdan Ronaldugacha. “Manchester Yunayted” futbolchilarining jarima zarbasidan urgan top-10 goli
- Gvardiola, Xavi, Ronaldinyo, Rivaldo va Messining “Barselona” safidagi ilk gollari yodingizdami?
- Tyerri Anrining APLdagi eng qoyilmaqom gollari
- Lionel Messining muxlislar tanloviga ko‘ra top-10 goli
- “Real Madrid” ijrosidagi super qarshi hujumlar orqali kiritilgan top-10 golni tomosha qiling!
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)