Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar Ligasida kelasi mavsumdan boshlab O‘zbekiston klublariga 1+1 kvota ajratiladi.
Unga ko‘ra, Coca-Cola Superligasi chempioni OChL bahslarining guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oladi. O‘zbekiston Kubogi g‘olibi esa Chempionlar Ligasidagi yurishini saralash bosqichidan boshlaydi.
Shuningdek, uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng kelasi mavsumdan e’tiboran O‘zbekiston klublari uchun OFK Kubogi guruh bosqichida ishtirok etish imkoniyati taqdim etiladi.
Bunda O‘zbekiston kubogi sohibi OChL saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etgan taqdirda, O‘zbekiston Superligasida 2-o‘rinni egallagan jamoa OFK Kubogida qatnashadi.
Agar O‘zbekiston Kubogi g‘olibi OChL guruh bosqichiga chiqa olmasa, mazkur jamoa o‘z ishtirokini OFK kubogi guruh bosqichidan davom ettiradi. Ushbu holatda O‘zbekiston Superligasi vitse-chempioni OFK Kubogi musobaqasida ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotadi.
Qayd etish joiz, Qarshining “Nasaf” klubi 2011-yili OFK Kubogida bosh sovringa ega chiqqan.
Odil Ahmedov ijrosidagi top-10 golni tomosha qiling (video)
Ma’lumot uchun, ushbu mavsumda OFK O‘zbekiston klublariga OChLda 1+2 ko‘rinishida o‘rin ajratgandi. Hozirda “Paxtakor” guruh bosqichida ishtirok etayotgan bo‘lsa, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” klublari saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, musobaqani tark etgandi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)