“Ufa” bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rinat Shaybekov o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runovning Moskvaning “Spartak” klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
“Biz “Spartak”dan rasmiy xat olganimiz yo‘q. Yangi kelgan futbolchilarimizga kelsak, muzokaralar davom etmoqda, biroq rasmiy hujjatlarga imzo qo‘yilmasidan avval ularning familiyalarini aytish bizga mos ish emas.
Hozircha aytishim mumkinki, biz Artyom Golubevni “Krasnodar”dan sotib oldik, Boyan Yokich, Aleksey Nikitin va Aleksandr Suxov bilan shartnomalarni uzaytirdik”, — deydi Shaybekov.
Avvalroq O‘runovning transferi “Spartak”ga 2 million yevroga tushishi va klub transferni shu haftada e’lon qilmoqchi ekani haqida xabar berilgandi.
“Ufa” Oston O‘runovni 2020-yilning fevral oyida o‘z safiga qo‘shib olgan. O‘runov Rossiya Premyer Ligasida 10 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka oldi.
Oston O‘runov ijrosidagi super driblinglar va fintlarni tomosha qiling (video)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)