O‘zbekistonlik futbolchi Oston O‘runov faoliyatini Rossiyaning “Ufa” jamoasida davom ettiradi.

Foto: “Ufa” matbuot xizmati

Rossiyaliklar klubi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, O‘runov “Ufa” bilan uzoq yillik shartnoma imzolagan.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli futbolchi “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2017—2019-yillar mobaynida “Navbahor”da to‘p surgan. O‘tgan mavsumni esa “Lokomotiv”da o‘tkazdi.

Oston 2018-yilda O‘zbekiston Superligasining eng yaxshi yosh o‘yinchisi nomiga loyiq ko‘rilgandi. Shuningdek, u 2019-yilda O‘zbekiston terma jamoasi safida debyut qilgan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, O‘runovning narxi  1 million yevroga teng.

“Ufa” Rossiya Premyer Ligasining joriy mavsumi birinchi davrasidan so‘ng 25 ochko bilan 7-o‘rinda ketmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!