Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov otasining o‘limidan keyin ilk bor mashg‘ulot o‘tkazdi.
Bu haqda rossiyalik yakkakurashchining menejeri Ali Abdulaziz xabar berdi. Ali Instagram sahifasiga Habibning mashg‘ulotlaridan olingan suratlarni joyladi va “Tayyor turing”, deya izoh qoldirdi.
Bu Habib uchun Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limidan keyingi ilk mashg‘ulot hisoblanadi. 3-iyul kuni mutaxassis koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgandi.
Avvalroq menejer Habib yil oxirida Jastin Getjiga qarshi jangda ishtirok etishini ma’lum qilgan, UFC prezidenti Deyna Uayt esa mazkur bellashuv 10-oktabr kuni Abu-Dabida o‘tadigan UFC 254 musobaqasining asosiy jangiga aylanishi mumkinligini aytgandi.
Izoh (0)