• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 22-iyul kuni 498 kishida koronavirus aniqlandi. To‘rt bemor vafot etdi

    O‘zbekistonda 21-iyul soat 23:30 dan 22-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 498 ta holat qayd etildi. 16-iyuldan beri birinchi marta kunlik kasallanganlar soni 500 nafardan kam bo‘ldi. Yangi kasallanish holatlaridan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 379 kishiga yetdi.

    SSV hisobi bo‘yicha 98, “Daryo” hisobi bo‘yicha 103 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.

    SSV hisobi bo‘yicha 98, “Daryo” hisobi bo‘yicha 103 kishi koronavirus asoratlaridan vafot etgan.
    Foto: Telegram / @ssvmatbuotkotibi

    Yangi kasallanish holatlari

    Yangi kasallanganlarning
    • 93 nafari xorijdan kelib karantinga olinganlar orasida;
    • 405 nafari tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida (Toshkent shahrida — 191 nafar, Andijon viloyatida — 61 nafar, Surxondaryo viloyatida — 50 nafar, Buxoro viloyatida — 47 nafar, Qashqadaryo viloyatida — 19 nafar, Namangan viloyatida — 16 nafar, Xorazm viloyatida — 13 nafar, Samarqand viloyatida — 8 nafar) aniqlangan.
    Kun davomida 8 ta hududda kasallikka chalinish holati qayd etildi.

    Toshkent shahrida jami 191 kishida koronavirus aniqlandi. Poytaxtda 17-iyuldan beri kunlik kasallanish ko‘rsatkichi 200 nafardan kamaydi. 17-iyulda ham 191 kishida kasallik qayd etilgandi. Yangi holatlar va xorijdan kelgach karantinga olinganlar orasida aniqlangan kasalliklardan so‘ng Toshkent shahrida kasallanganlarning umumiy soni 11 mingdan oshdi. O‘zbekistondagi barcha kasallanish holatlarining 60 foizi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda.

    Andijon viloyatida 61 kishida koronavirus qayd etildi. 30-iyun holatiga ko‘ra, Andijonda koronavirus qayd etilishi bilan bog‘liq 209 ta holat qayd etilgandi. Iyul oyi davomida kasallanganlar soni 854 nafarga yetdi, boshqacha aytganda koronavirusga chalinganlar soni iyul oyida 4 baravarga oshdi. Andijon kasallikka chalinganlar soni 800 nafardan oshgan Toshkent shahri va viloyatidan so‘ng uchinchi hudud hisoblanadi.

    Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 50 ta holat aniqlandi. Bu viloyatdagi eng ko‘p kasalliklar aniqlangan kunlar bo‘yicha ikkinchi natijadir. 3-iyul kuni Surxondaryoda 69 kishida infeksiya qayd etilgandi. 30-iyun holatiga ko‘ra, Surxondaryoda 101 kishida koronavirus aniqlangandi. Oy boshidan beri viloyatda kasallanganlar soni deyarli 3,5 baravarga oshdi. Hozirda Surxondaryo viloyati ham xuddi Xorazm viloyatidagidek 343 kishida kasallik aniqlangan, ammo Surxondaryo viloyatida vafot etganlar soni 5 nafarga ko‘p.

    Buxoro viloyatida 47 kishida kasallik qayd etildi. Viloyatda may, iyun va iyul oylarida bir kunda buncha ko‘p odamda kasallik aniqlanmayotgan edi. Viloyatda iyul oyida koronavirusga chalinganlar soni 159 kishiga ko‘paydi. Bu Buxorodagi jami kasallanish holatlarining 23 foizidir. Iyulda o‘limlar soni 1 tadan 4 taga yetdi.

    Qashqadaryo viloyatida koronavirus 19 kishida qayd etildi. Iyul oyida Qashqadaryoda 265 ta yangi kasallanish holati qayd etildi. Bu viloyatdagi jami kasallanganlarning 57 foiziga teng.

    Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 16 ta yangi holat aniqlandi. Viloyatda 12-iyuldan beri har kuni yangi kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Namanganda 30-iyun holatiga ko‘ra, kasallanganlar soni 298 nafarni tashkil etayotgandi, endi kasallar soni 2 baravarga ko‘payib, roppa-rosa 600 nafarga yetdi. Namangan bemorlar soni 600 nafarga yetgan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Andijon viloyatlaridan so‘ng 6-hudud bo‘ldi.

    Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida 13 kishida kasallik aniqlandi. Viloyatda 10-iyuldan beri yangi kasallanish holatlari qayd etilmayotgandi. Xorazmda oy boshidan beri faqat 25 kishida koronavirus qayd etildi. Bu barcha hududlar orasidagi eng past ko‘rsatkichdir.

    Samarqand viloyatida 8 kishida koronavirus aniqlandi. Viloyatda iyul oyi boshidan beri 295 kishida kasallik tasdiqlangan. Bu jami kasallanish holatlarining 39 foiziga teng. Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyozovning ma’lum qilishicha, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kundan kunga og‘irlashib bormoqda. “Avval bir kunda aniqlangan kasallarning 30-40 foizi aholi orasidan, qolganlari karantin muassasalaridan chiqqan bo‘lsa, bugun 100 foiz aholi orasidan chiqyapti. Aholi orasida mana shu kasallik yuribdi”, — dedi Davronbek Jumaniyozov.

    Boshqarma boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, hozirgi paytda koronavirus infeksiyasi mart—aprel oylaridagiga qaraganda boshqacha kechmoqda. Kasallangan bemorlarning ko‘pchiligida ikki tomonlama pnevmoniya aniqlanmoqda. Pnevmoniya aniqlangan ba’zi bemorlarda koronavirusning o‘zi mavjud emasligi kuzatilmoqda.

    Davronbek Jumaniyozovning ma’lum qilishicha, Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasiga yotqizilgan 100 nafardan ortiq bemorning 76 nafarida koronavirus aniqlanmagan, biroq ularning ko‘pchiligida pnevmoniya alomatlari mavjud bo‘lgan.

    Ta’kidlanishicha, mart—aprel oylarida davolangan bemorlarning 70-75 foizida kasallik alomatlari kuzatilmagan. Hozirgi paytda esa bemorlarning qariyb 50 foizida alomatlar mavjud. Koronavirus aniqlanmagan bemorlarda ham og‘ir pnevmoniya kuzatilmoqda.

    O‘lim holatlari va ahvoli og‘ir bemorlar

    “Bugun Toshkent shahrida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Surxondaryo viloyatida 1 nafardan, jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. Bunga qo‘shimcha ravishda Bosh prokuratura ham bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari Hakimbay Xalimovning koronavirus asoratlaridan vafot etganini ma’lum qildi.

    Birinchi o‘lim. Nukus shahrida yashovchi 42 yoshli B.D. ismli erkakda 3-iyul kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan va Qoraqalpog‘iston yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan, deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida. Qiziq tomoni, SSV 3-iyul kuni Qoraqalpog‘istonda koronavirus aniqlanishi bilan bog‘liq holatlar haqida xabar bermagan. SSV ma’lumotlari bo‘yicha 2—6-iyul oralig‘ida Qoraqalpog‘istonda kasallanish bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etilmagan.

    B.D.ga COVID-19 infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi, semizlikning 2-darajasi asoratlari bilan kechgan.

    “Biroq shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan muolajalarga qaramay, bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgan”, — deyiladi SSV axborotida. Vazirlik axborotida bemor aynan qachon vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

    “Daryo” hisobi bo‘yicha 42 yoshli erkak koronavirus asoratlaridan vafot etgan 100-bemor bo‘ldi.

    Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli V.X. ismli ayolda 18-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan.

    Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya hamda gipertoniya kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

    Shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

    Uchinchi o‘lim. O‘zbekiston bosh prokurorining sobiq o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston sobiq prokurori Hakimbay Xalimov 22-iyul kuni 66 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Xalimov Hakimbay Ashirovich Qoraqalpog‘iston prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda xizmat qilgan, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi (general-mayor) hisoblangan.

    Hakimbay Xalimov.

    Hakimbay Xalimov.
    Foto: Bosh prokuratura

    2017-yildan 2019-yilgacha Prezidentning Qoraqalpog‘istondagi Xalq qabulxonasi rahbari bo‘lgan. 2019-yildan beri Qoraqalpog‘iston prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.

    Bosh prokuraturaning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, unda bir necha kun ilgari koronavirus aniqlangan bo‘lgan.

    To‘rtinchi o‘lim. Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashagan 40 yoshli T.X. ismli erkakda 12-iyul kuni COVID-19 tasdiqlangan va u viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan, deyiladi SSV xabarida. Lekin SSV 11, 12 va 13-iyul kunlari Surxondaryo viloyatida koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq holatlar haqida xabar bermagandi.

    T.X.ga COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir respirator distress sindromi, o‘tkir yurak-qon tomir yetishmovchiligi, poliorgan yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan. Shuningdek, bemor gipertoniya hamroh kasalligi bilan ham og‘rigan.

    Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, terminal o‘pka shishidan vafot etgan.

    Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 98 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach vafot etganlar soni 103 nafarni tashkil etmoqda. Davlat xizmatlari agentligi 15-iyul kuni Navoiy viloyatidagi 61 yoshli xodimi Adhamjon Dehqonov, Madaniyat vazirligi esa 18-iyul kuni 32 yoshli xodimi Akmal Irisov koronavirus asoratlaridan vafot etgani, Olmaliq shahri hokimligi 9 va 15-iyul kunlari shahar shifoxonalarida vafot etgan ikki ayolda koronavirus tasdiqlangani haqida xabar bergan. Shuningdek, 22-iyulda Bosh prokurorning sobiq o‘rinbosari Hakimbay Xalimov 66 yoshida koronavirus asoratlaridan vafot etgani xabar qilingan. Biroq ushbu holatlar haqida SSV tomonidan ayni vaqtgacha axborot berilmagan.

    Shuningdek, taniqli rejissor Sarvar Karimov 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8409 nafar bemordan 102 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. Bir sutka ichida ahvoli og‘ir va o‘ta og‘ir bemorlar soni kamaydi. 22-iyul kuni 101 bemorning ahvoli og‘ir, 32 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir edi.

    Kasallikdan davolanish

    22-iyul kuni 351 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, yangi rekord o‘rnatildi. Bir kun avval esa iyul oyidagi eng past ko‘rsatkich qayd etilib, 58 bemor sog‘aygandi.

    Yangi tuzalganlarning

    • 102 nafari Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida;
    • 112 nafari Andijon viloyatida;
    • 61 nafari Namangan viloyatida;
    • 31 nafari Qashqadaryo viloyatida;
    • 15 nafari Surxondaryo viloyatida;
    • 14 nafari Farg‘ona viloyatida;
    • 9 nafari Sirdaryo viloyatida;
    • 4 nafari Qoraqalpog‘istonda;
    • 3 nafari Jizzax viloyatida sog‘aydi.
    Ushbu bemorlarning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga aniqlik kiritilmagan.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

    Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti. Ammo uyda davolanayotgan bemorlar soniga Respublika maxsus komissiyasi markaziy shtabi xodimi Jo‘shqin Qosimov aniqlik kiritdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 22-iyul soat 10:00 holati bo‘yicha O‘zbekistonda uy sharoitida koronavirus infeksiyasidan davolanayotganlar soni 1706 nafarni tashkil qilgan.

    “Hududlar kesimida aytsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 58 nafar, Andijon viloyatida 136 nafar, Jizzax viloyatida 22 nafar, Navoiy viloyatida 40 nafar, Namangan viloyatida 21 nafar, Samarqand viloyatida 96 nafar, Sirdaryo viloyatida 156 nafar, Surxondaryo viloyatida 101 nafar, Qashqadaryo viloyatida 21 nafar, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 1050 nafar bemor uyda davolanmoqda”, — degan Jo‘shqin Qosimov. Ammo Jo‘shqin Qosimov 1706 emas, 1701 nafar bemorni sanagan. Sanalmagan 5 bemor Xorazm, Farg‘ona va Buxoro viloyatlaridan birida davolanayotgan bo‘lishi mumkin.

    Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18 379 nafar bemordan 9872 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda. Bir kun ichida bu boradagi ko‘rsatkich o‘zgarmadi. Bu so‘nggi uch oy (may, iyun va iyul)dagi eng past ko‘rsatkichdir.

    Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari bo‘yicha ayni paytda 8409 nafar bemordan 6030 nafari Toshkent shahrida davolanmoqda. Farg‘onada 4, Xorazmda 30, Navoiyda 59, Jizzaxda 69, Qashqadaryoda 97, Samarqandda 102, Qoraqalpog‘istonda 102, Buxoroda 132, Namanganda 151, Surxondaryoda 162, Sirdaryoda 216, Andijonda 300 va Toshkent viloyatida 955 nafar bemor qoldi.

    23.07.2020, 02:10   Izoh (0)   125327
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Janubiy Koreya koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish uchun O‘zbekistonga ikkinchi insonparvarlik yordamini yubordi

    23.07.2020, 01:06

    O‘zbekistonda yana 55 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Kasallanganlarning umumiy soni 18 379 nafarga yetdi

    23.07.2020, 00:31

    Surxondaryoda koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak vafot etdi. Bu viloyatdagi 6-o‘lim holati

    23.07.2020, 00:18

    Coursera O‘zbekistondagi o‘qituvchilar va yuqori sinf o‘quvchilariga bepul ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi

    22.07.2020, 23:58

    O‘zbekiston 2 ming tonnadan ziyod tarvuz eksport qildi

    22.07.2020, 23:46

    Rossiyaning Samara viloyatida o‘zbekistonlikni do‘pposlagan politsiyachilarga nisbatan jinoiy ish ochildi

    22.07.2020, 23:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    Dunyo | 23 avgust, 13:22

    Yuziga ajin tushishidan qo‘rqib, 40 yil tabassum qilmay yashagan ayol hozir qanday ko‘rinishda?

    Layfstayl | 23 avgust, 12:45

    O‘zbekiston MOQ rahbarlari “Manchester Siti” klubi mehmoni bo‘lishdi

    Sport | 23 avgust, 12:30

    Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi qonunchilikka zid o‘tkazilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 12:25

    Tailandda qirolni haqorat qilgan sobiq bosh vazir va milliarder oqlandi

    Dunyo | 23 avgust, 12:05

    Dunyodagi eng keksa odam 116 yoshini nishonladi

    Layfstayl | 23 avgust, 11:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.