Qoraqalpog‘istonda Nukus davlat pedagogika institutiga kirish imtihonlarida yordam berishni va’da qilib, 3000 AQSh dollari olayotgan dekan o‘rinbosari qo‘lga olindi, deb “Daryo”ga xabar beradi Davlat xavfsizligi xizmati.
Qayd etilishicha, Nukus davlat pedagogika institutining fakultetlaridan birida dekan o‘rinbosari vazifasida ishlovchi shaxs Kegeyli tumanida yashovchi fuqaroga ushbu oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlarida yordam berishni va’da qilgan. Dekan o‘rinbosari fuqarodan 3000 AQSh dollari olayotgan vaqtida DXX Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi va prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Mazkur institutning yana bir xodimi Beruniy tumanida yashovchi 4 nafar fuqaroning o‘qishga kirishlarida yordam berish evaziga ularning har biridan 2 ming AQSh dollaridan, jami 8 ming AQSh dollari talab qilib, so‘ralgan pul mablag‘ini olayotgan vaqtida ushlandi.
Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mavzuga doir:
- Agroinspeksiyaning Asaka tuman bo‘limi boshlig‘i 10 ming AQSh dollari miqdoridagi pora bilan qo‘lga tushdi
- Samarqandda universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 6 ming dollar so‘ragan fizika o‘qituvchisi qo‘lga olindi
- Andijonda 3 700 dollar evaziga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
Izoh (0)