Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq, xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 20-iyuldan 2-avgustgacha amalga oshiriladigan navbatdagi charter reyslarning jadvali tasdiqlandi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar qilgan.
Jadvalga ko‘ra, 2020-yil 20-iyuldan 2-avgustgacha 18 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi.
20—26-iyul kunlariga belgilangan reyslar jadvali:
20-iyul. Seul—Toshkent—Seul;20-iyul. Toshkent—Moskva—Toshkent;22-iyul. Moskva—Toshkent—Moskva;22-iyul. Toshkent—Dubay—Toshkent;23-iyul. Toshkent—Minsk—Toshkent;24-iyul. Toshkent—Istanbul—Toshkent;23 – 24-iyul. Toshkent—Frankfurt—Toshkent;25-iyul. Toshkent—Vladivostok—Toshkent;26-iyul. Toshkent—Sankt-Peterburg—Toshkent.
27-iyuldan 2-avgust kunlariga belgilangan reyslar jadvali:
27-iyul. Seul—Toshkent—Seul;27-iyul. Tel-Aviv—Toshkent—Tel-Aviv;28-iyul. Toshkent—Moskva—Toshkent;29-iyul. Minsk—Toshkent—Minsk;30-iyul. Istanbul—Toshkent—Istanbul;30-iyul. Toshkent—Dubay—Toshkent;30—31-iyul. Toshkent—Nyu-York—Toshkent;1-avgust. Toshkent—Sankt-Peterburg—Toshkent;2-avgust. Toshkent—Moskva—Toshkent.
Avval 4-iyulda o‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha 19-iyulgacha amalga oshiriladigan charter reyslar ro‘yxati e’lon qilingani, 8-iyulda o‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar jadvaliga o‘zgartirish kiritilgani, Rossiyadan yana 2087 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgani, Yevropa davlatlaridan 220 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali Toshkentga olib kelingani xabar qilingandi.
Izoh (0)