Birlashgan Arab Amirliklaridagi “Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 251 musobaqasi ishtirokchilari qancha gonorarga ega bo‘lgani e’lon qilindi.
Musobaqaning asosiy jangida Xorxe Masvidalni taslim etgan Kamaru Usmon 640 ming AQSh dollariga ega bo‘ldi. Masvidal esa 530 ming ishlab olgan.
Yana bir asosiy jangda Aleksandr Volkanovski Maks Holloueyni taslim etdi va 390 ming dollarga ega chiqdi. Hollouey esa 280 ming dollar qo‘lga kiritdi.
Asosiy kardning boshqa ishtirokchilari gonorari bilan tanishing:
Petr Yan (230 ming) — Joze Aldo (430 ming). Yan 5-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi.
Jessika Andrade (115 ming) — Rouz Namayunas (160 ming). Namayunas ochkolar hisobida g‘olib bo‘ldi.
Amanda Ribas (36 ming) — Peyj Vanzant (51 ming). Ribas 1-raundda og‘ritish usuli bilan g‘alaba qozondi.
“Jangchilar oroli”da bo‘lib o‘tgan UFC 251 musobaqasi janglarini tomosha qiling.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)