Rossiyaning “Ufa” klubi yarim himoyachisi Oston O‘runov faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sport24 xabar berdi.
O‘runovning xizmatlariga “Spartak”, “Lokomotiv” hamda “Zenit” klublari qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, “Krasnodar” ham o‘zbekistonlik yarim himoyachi uchun kurashga qo‘shilishi mumkinligi ta’kidlanmoqda, boisi O‘runov uzoq vaqt davomida klub akademiyasida malaka oshirgan.
Bundan tashqari, “Krasnodar” rahbariyatining yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Odil Ahmedov klubda o‘ynagan vaqtdan beri uning atrofidagilari bilan iliq munosabatlarni saqlab qolgani aytilmoqda.
O‘runovning “Spartak”ga o‘tishi bilan Moskva klubining yangi bosh direktori Shamil Gazizov shug‘ullanayotgani ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Ufa” Oston O‘runovni shu yilning fevral oyida o‘z safiga qo‘shib olgandi. O‘runov Rossiya Premyer Ligasida 9 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochkani o‘z nomiga rasmiylashtirib qo‘ydi.
Mavzuga doir:
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)