Dunyoda ishlash va biznes yuritish uchun eng yaxshi joy deya Singapur topildi. Bu haqda Shveysariyaning Menejmentni rivojlantirish instituti (IMD)ga tayanib, CNBC xabar berdi.
Singapur o‘tgan yili ham reytingning yuqori pog‘onasidan o‘rin olgandi.
Ish va biznes uchun eng yaxshi davlatlar ro‘yxatidagi ikkinchi pog‘ona Daniyaga nasib ketgan bo‘lsa, kuchli uchlikka Shveysariya yakun yasagan.
Keyingi o‘rinlardan Niderlandiya, Gonkong, Shvetsiya, Norvegiya, Kanada, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rin olgan.
Xitoy 14-o‘rindan 20-o‘ringa tushib ketgan. Lyuksemburg — 14, Germaniya — 17, Buyuk Britaniya esa 19 pog‘onadan joy olgan.
Rossiyaga reytingning 50-o‘rni nasib etgan bo‘lsa, Qozog‘iston 42-o‘ringa chiqib olgan. 63 davlat o‘rin olgan ro‘yxatning eng oxirida Venesuela joylashgan.
Reytingni tuzishda hukumatning samaradorligi, iqtisodiyotning ahvoli, infratuzilma va biznes samaradorligi hisobga olinadi. Bundan tashqari, mahalliy va xalqaro statistik ma’lumotlardan foydalanilgan. Shuningdek, turli kompaniyalar orasida so‘rovlar o‘tkazilgan.
Izoh (0)