“Napoli” ustozi Jennaro Gattuzo jamoa mashg‘ulotlaridan hujumchi Irving Losanoni haydab yubordi. Bu haqida Football Italia xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Gattuzoga Losanoning mashg‘ulotlarga bor diqqat-e’tiborini qaratmagani yoqmagan. Bunday holat esa birinchi marta takrorlanishi emas, deb yozmoqda nashr.
Rossiya maydonlarida o‘tkazilgan mundialda porlagan 24 yoshli Losanoning “Napoli”dagi kelajagi endilikda so‘roq ostida qolmoqda.
Qayd etish joiz, “Napoli” 17-iyun sanasida Italiya Kubogi finali doirasida “Yuventus”ga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Losano joriy mavsum A Seriya doirasida 16 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol urdi.
Eslatib o‘tamiz, “Napoli” Losanoni 2019-yil yozida PSVdan sotib olgandi. Uning transferi ayni damda 28 million yevroga baholanmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)