“Real”ning hujumkor yarim himoyachisi Lukas Vaskes jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli futbolchi boldir mushaklarini shikastlab olgan. AS xabariga ko‘ra, Vaskes ikki hafta maydonga tusha olmaydi.
Shu tariqa Lukas “Valensiya”, “Real Sosyedad”, “Malyorka” va “Espanyol” jamoalariga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Lukas Vaskes “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsum u La Ligada 14 o‘yin o‘tkazib, ikkitadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.
Mavzuga doir: “Real” hujumchisi Luka Yovich jiddiy jarohat oldi
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)