“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich Shvetsiyada tibbiy reglamentni buzdi, deya xabar qilmoqda Sportbladet.
Ibragimovich Shvetsiya chempionati doirasida kechgan “Hammarbyu” va “Estersund” jamoalari o‘rtasidagi bahsdan (2:0) so‘ng mezbonlar kiyinish xonasiga kirgan. Tibbiy reglamentga ko‘ra, kiyinish xonasiga faqat jamoa o‘yinchilari va murabbiylar shtabi a’zolari kirishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich “Hammarbyu” klubining yirik aksionerlaridan biri hisoblanadi. Avvalroq Ibra kelasi mavsumdan ushbu klubda to‘p surishi mumkinligi haqida xabarlar yangragandi.
Hozirda futbolchi Shvetsiyada jarohatidan tiklanmoqda. Yanvar oyida “Milan”ga qaytgan Zlatan A Seriya joriy mavsumida 8 o‘yin o‘tkazib, uchta gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)