• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryoda avtobuslar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Karantin qoidalariga qay darajada amal qilinmoqda?

    Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, joriy yilning 8-iyunidan “sariq” va “yashil” hududlarda avtobuslar harakatiga ruxsat berildi. Shunga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida ham avtobuslar faoliyati qayta tiklandi. “Daryo” muxbiri avtobus yo‘lovchisi sifatida jarayonni kuzatdi.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, Qarshi shahridagi Islom Karimov (xalq tilida birinchi yo‘nalish nomini olgan) markaziy ko‘chada 8-iyun kuni 15 ta avtobus aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlagan. Ayni kunga kelib esa avtobuslar 20-25 taga yetgan.

    Foto: “Daryo”

    Temiryo‘l vokzalidan Yerqo‘rg‘on bozorigacha bo‘lgan 10-12 kilometr masofani bosib o‘tgani evaziga 1000 so‘m xizmat haqi olayotgan haydovchilar yo‘lovchilar soni me’yordan oshishiga unchalik ham e’tibor qaratmayapti. 6 va 12-yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan avtobuslarda ham shunday holat mavjud.

    Foto: “Daryo”

    Shahar chekkasi va yaqin tumanlardan shahar markaziga qarab harakatlanayotgan avtobuschilar esa karantin qoidalari va yo‘lovchilar o‘rtasida masofa saqlash degan so‘zlarga umuman e’tibor qaratmagan ko‘rinadi. Birgina Qarshi tumanining Xonabod massividan Qarshi shahri markazi, xususan, Eski bozor va Yangi bozor hududlari tomon harakatlanayotgan avtobuslarda yo‘lovchilar sig‘imi ortib ketishi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Qashqadaryo viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati rahbari Mirzohid Jo‘rayevning ma’lumot berishicha, ayni kunda Qarshi shahrida 1, 2, 4, 6, 10, 12, 17,18, 30, 460-yo‘nalishlarda 137 ta avtobus harakatlanayotgan bo‘lsa, tumanlarga qatnayotgan avtobuslar soni 100 taga yetgan.

    Foto: “Daryo”

    Koronavirus xavfi sabab yopilgan Kitob va “qizil” hudud maqomini olgan Chiroqchi tumanlaridan tashqari viloyatning barcha tumanlariga jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Shaharlararo avtobuslar qatnovi ham lozim darajada amalga oshirilayapti. Ayni paytda Qarshi—Qamashi, Qarshi—Nishon yo‘nalishlariga avtobuslarda yo‘lovchi tashilmoqda, — deydi Mirzohid Jo‘rayev. — Albatta, jamoat transporti faoliyatini qayta tiklashda ayrim talablarga qat’iy rioya qilinishiga e’tibor qaratilayapti. Avtokorxona tomonidan transport vositasi har bir qatnov oldidan va oxirgi bekatda, shuningdek, avtoshohbekatlarda muntazam to‘liq dezinfeksiya qilinmoqda. Haydovchilar tibbiy niqob va qo‘lqoplar bilan ta’minlangan. Avtobus saloniga faqatgina tibbiy niqobdagi yo‘lovchilarni kiritish ruxsat etiladi.

    Sanjar Bahromov

    Sanjar Bahromov
    Foto: “Daryo”

    Qarshi shahridagi birinchi yo‘nalish nomini olgan markaziy ko‘chadagi avtobuslar faoliyatini nazoratga oluvchi “Sharofiddin Nurilla” MChJ uyushmasi mas’uli Sanjar Bahromovning so‘ziga ko‘ra, mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar Temiryo‘l vokzali va Yerqo‘rg‘on bozorida dezinfeksiya qilinadi.

    Qashqadaryo transport boshqarmasi mas’ullari ham “xodimlarimiz avtobuslar faoliyatini nazorat qilmoqda, karantin qoidalariga amal qilinishi doimiy e’tiborimizda” deyishsa-da, Yerqo‘rg‘on bozorida avtobuslarni dezinfeksiya qiluvchi tibbiyot xodimlariga ko‘zimiz tushmadi. Yerqo‘rg‘on bozoridan shahar markaziga qarab harakatlanayotgan avtobusga chiqqanimizda ham dezinfeksiya qilinganini sezmadik.

    Foto: “Daryo”

    Birinchi yo‘nalishdagi avtobuslar harakatini tartibga oluvchi uyushma mas’ulining so‘ziga ko‘ra, mazkur yo‘nalishdagi avtobuslar soni tez orada 35-40 taga yetadi.

    Kuzatuvlarimizga ko‘ra, shahar markazidagi avtobuslar harakati o‘rtasidagi vaqt uch daqiqani tashkil qiladi.

    Temiryo‘l vokzalidagi dezinfeksiyalash ishlari

    Temiryo‘l vokzalidagi dezinfeksiyalash ishlari
    Foto: “Daryo”

    “ ‘Yashil’ hududlarda avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilishi yo‘lovchilarga qulaylik yaratayapti, yo‘lkira narxlari asossiz oshib ketmasligi ta’minlanyapti”, — deydi viloyat transport boshqarmasi axborot xizmati mas’ullari.

    Temiryo‘l vokzalidagi dezinfeksiyalash ishlari

    Temiryo‘l vokzalidagi dezinfeksiyalash ishlari
    Foto: “Daryo”

    “Avtobuslar qatnay boshlagani yaxshi bo‘ldi. Boisi, shahar ichidagi sariq taksilarga bir chiqib tushish 3 000 so‘m etib belgilangan. Avtobuslar esa beminnat 1000 so‘mdan qatnayapti”, — deydi “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan yo‘lovchilardan biri.

    Eslatib o‘tamiz, 2020-yil mart oyi oxirida mamlakatning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Qashqadaryo viloyatida ham jamoat transporti harakati to‘xtatilgan edi. O‘sha payt Damas va mikroavtobuslar faoliyatiga qo‘yilgan taqiq hozirgacha bekor qilinmagan.

    Mavzuga doir: 

    • “Toshshahartransxizmat”: ayrim avtobuslarda karantin qoidalarining qo‘pol ravishda buzilish holatlari kuzatilmoqda
    • Foto: Yashil-oq avtobuslar Toshkent ko‘chalariga qaytdi

    11.06.2020, 15:59   Izoh (0)   25377
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda so‘nggi uch kunda koronavirusga chalingan 292 nafar bemorning 118 nafari aholi orasida qayd etilgan

    11.06.2020, 15:13

    Toshkentda 2020-yil oxirigacha turistlar uchun 90 ta yo‘l ko‘rsatkichi o‘rnatiladi

    11.06.2020, 14:34

    Buxoroning sobiq hokimi viloyat Nuroniylar kengashi raisi etib tayinlandi

    11.06.2020, 14:11

    Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti tashkil etiladi

    11.06.2020, 13:59

    Qarshi shahridagi bozorda koronavirusga chalingan bemor chiqqani haqidagi xabar bozor rahbariyati tomonidan rad etildi

    11.06.2020, 13:35

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

    11.06.2020, 12:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yetkazadi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 11:57

    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil

    Reklama | 11 avgust, 10:30

    O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 34 darajagacha tushadi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 11:27

    Trampning Vyetnamdagi golf klubi: Fermerlarga yer evaziga guruch va dollar taklif qilindi

    Dunyo | 11 avgust, 11:17

    “Real” “Oltin to‘p” nominantlarini tabriklamadi

    Sport | 11 avgust, 11:15

    AQSHda kuchli yong‘in: qamoqxona mahbuslari evakuatsiya qilindi

    Dunyo | 11 avgust, 10:59

    Instagram: Farangiz Xoliqova ona bo‘ldi, Munisa Rizayeva metroda konsert berdi, Bobur Mansurovning reklama narxi qancha?

    Madaniyat | 11 avgust, 10:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.