Toshkentda turistlar orasida mashhur bo‘lgan madaniy meros obyektlariga olib boruvchi yo‘llar bo‘yida o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan, belgilangan standartlarga mos turistik yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti xabar qilgan.
Departament matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yo‘l ko‘rsatkichlari turistlar va mahalliy aholi, poytaxt mehmonlariga qulaylik yaratib mo‘ljallagan manzillariga tez va oson yetib olishlariga ko‘mak beradi.
2020-yilning yakuniga qadar Toshkent shahridagi turistlar ko‘p tashrif buyuradigan Madaniy meros obyektlarida jami 90 ta turistik yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)