Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz jangchining otasi — Abdulmanap Nurmagomedovning ahvoli yaxshilanayotgani va tiklanishidan dalolat beruvchi ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganini ma’lum qildi.
“Habib kuchli inson. Uning oilasi va otasi haqida ham shunday deyish mumkin. Uning ahvoli yaxshilanmoqda. U ko‘zini ochdi, biroz qimirladi — bu yaxshi belgidir. Yaratganning o‘zi vaziyatni nazorat qilmoqda. Barchamiz uning sog‘ayishiga ishonamiz. Hozirda hamma narsa faqat uning sog‘lig‘iga bog‘liq. Ammo u sog‘aymoqda va barchamiz bundan juda xursandmiz”, — deydi Ali Abdulaziz.
Eslatib o‘tamiz, 57 yoshli Abdulmanap Nurmagomedov bir necha hafta davomida Moskvadagi kasalxonalardan birida davolanmoqda, shifokorlar uning ahvolini og‘ir deya baholagan. Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy nafaqat o‘g‘li, balki Rossiyaning bir qator taniqli UFC jangchilari bilan ham hamkorlik qiladi. Mutaxassis 25-aprel kuni Dog‘istondagi shifoxonalardan biriga pnevmoniya tashxisi bilan yotqizilgandi. 3-may sanasida esa ahvoli og‘irlashgani sababli Moskvaga olib borilgan.
Izoh (0)