“Milan”ning ispaniyalik yarim himoyachisi Samuel Kastilyexo Italiyada o‘zini to‘pponcha bilan qurollangan ikki nafar jinoyatchi tunab ketganini ma’lum qildi.
“Milanda hammasi joyidami? Ikki yigit menga to‘pponcha o‘qtalib, tunab ketdi”, — deb yozgan Kastilyexo o‘zining Instagram’dagi sahifasida.
MilanNews’ning xabar berishicha, futbolchi mashinada o‘tirgan vaqtida undan soati tortib olingan.
Ma’lumot o‘rnida, Kastilyexo 2018-yilning yozida “Vilyarreal”dan 21,3 million yevro evaziga Milan klubiga ko‘chib o‘tgan. 25 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda Italiya A Seriyasining 16 o‘yinida maydonga tushib, ikkita golga assistentlik qilgan.
“Milan” 26-turdan keyin 36 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalining 7-pog‘onasida joylashgan. Klub keyingi o‘yinini 22-iyun kuni mehmonda “Lechche”ga qarshi o‘tkazadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)