Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev 9-iyun kuni Qirg‘iziston Respublikasi Botken viloyati gubernatori Alisher Abdurahmonov bilan uchrashdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qilgan.
Xabarga ko‘ra, ikki viloyat rahbarlari boshchiligida chegara qo‘shinlari, xavfsizlik xizmati, ichki ishlar, bojxona boshqarmalarining boshliqlari hamda viloyat prokurorlari, Qirg‘iziston Respublikasi hukumati a’zolari ishtirokida amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Qirg‘iziston delegatsiyasi a’zolari ular tomonidan mamlakat hududidan anklav So‘x tumani, Shohimardon va Yordon qishloqlariga aholining erkin borib-kelishida hech qanday to‘siq yoki muammolar bo‘lmasligini, bu hududlarga oziq-ovqat, xalq iste’moli va qurilish mollari yetkazuvchi yuk mashinalarining harakati aslo chegaralanmasligini ma’lum qilgan.
Mavzuga doir: “Reytingi baland hokimlarni ham yoqtirmaydiganlar bor”
Izoh (0)