• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoda karantin cheklovlarini bekor qilayotgan mamlakatlar soni ortib bormoqda

    Butun dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha mamlakatlar hukumatlari tomonidan joriy qilingan cheklov me’yorlari asta-sekin yumshatilib, odamlar normal hayotga qaytishni boshlamoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar qilgan.

    Foto: Financial Times

    Foto: Financial Times

    8-iyundan Irlandiyada barcha do‘konlarning ochilishiga ruxsat berildi, odamlar cheklov me’yorlari yumshatilganidan keyin o‘z ish joylariga qaytmoqda. Hozircha ofisda ijtimoiy masofalanish tartibiga rioya qila oladigan sharoitga ega fuqarolarning ko‘chaga chiqishi va ishga qatnashiga hech qanday to‘sqinlik yo‘q.

    Irlandiyaliklarga bir-birlarining uyiga mehmonga borish, ya’ni olti kishigacha bo‘lgan guruhning to‘planishiga ruxsat berildi. O‘z uyidan 20 kilometr uzoqlikka ketish mumkin, zaruratga ko‘ra ushbu masofaga yana 5 kilometr qo‘shib berilishi ko‘zda tutilgan.

    Gretsiyada ham bar va tungi klublar ham 8-iyundan boshlab o‘z faoliyatiga qaytdi. Biroq ularda tashrifchilarning soni cheklangan va ijtimoiy masofani saqlash qoidalariga amal qilish majburiy deb belgilangan.

    Gretsiyada 25-maydan boshlab kafe hamda restoranlarning ochilishiga ruxsat berilgan, ammo tashrifchilar faqat tashqaridagi ayvonchalarda o‘tirib ovqatlanishi shart edi, endi binolar ichida ham mehmonlarni qabul qilish mumkin. Bundan tashqari, 1-iyundan mehmonxona, ochiq kinoteatr, golf klublar va suv havzalarining faoliyat yuritishi bo‘yicha taqiqlar ham bekor qilingan.

    Mavzuga doir: Karantindan so‘ng birinchilardan bo‘lib sayyohlarga eshiklarini ochayotgan 5 mamlakat

    Belgiya poytaxti Bryussel shahrida uch oylik karantindan keyin kafe va barlar yana qayta ochiladi, shaharliklar ushbu yangilikni xursandchilik bilan qarshi olgan. Barlarda stollar orasidagi masofa kengaytirilgan. Bryussel markazi Gran-Plasdagi sayyohlar orasida ommaviylashgan maskanlar ayvonchalarini kengaytirib, tashrifchilar oqimini nazoratga olgan holda ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga rioya qilinishini ta’minlamoqchi.

    Biroq mamlakatdagi ayrim muassasalar hali tashrifchilar uchun eshiklarini ochgani yo‘q. Masalan, Berlemonda Yevropa Ittifoqi shtab-kvartirasi ro‘parasidagi jurnalistlar va diplomatlar tashrif buyuradigan bar 15-iyundan ochiladi. Iksel ma’muriy hududidagi Le Voltaire restorani ham hal ochilgani yo‘q.

    Mavzuga doir: 

    • Belgiya shahzodasi Ispaniyada koronavirus yuqtirib oldi
    • Belgiyada bir guruh fuqarolar karantin sababli hukumatni sudga berdi
    Daniyada 8-iyundan boshlab 50 kishigacha bo‘lgan guruhning ko‘chada to‘planishiga ruxsat berildi. Bungacha ushbu cheklov me’yorida 10 kishigacha odamning bir yerda to‘planishi ko‘zda tutilgandi. Daniya 15-iyundan boshlab o‘z chegaralarini bir qator Yevropa davlatlari uchun ochishni ko‘zlamoqda.

    Buyuk Britaniyada ham xorijdan keluvchilar uchun chegaralar ochilgan, ammo 8-iyundan boshlab qirollik hududiga xorijdan kelganlar majburiy tartibda 14 kunlik karantinga yuborilishi belgilab qo‘yilgan. Ular mamlakat hududiga kirgan vaqtida 14 kun davomida qayerda bo‘lishi yozib qo‘yiladigan maxsus hujjat shaklini to‘ldiradi. Ushbu tartibga amal qilmagan kishi jarima to‘laydi.

    Mavzuga doir: Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi vaksina qachon ishlab chiqarilishi ma’lum qilindi

    Avstriyada ham karantin cheklovlari yumshatilmoqda. Vena aeroportida xorijdan kelganlarga koronavirus testini majburiy tartibda topshirish taklif qilinadi, tahlil 190 yevro etib belgilangan va bu ularni 14 kunlik karantindan qutqarishi mumkin. Tekshiruv xulosalari tahlillar olinganidan keyin uch soat o‘tib ma’lum qilinadi. Venadan uchib ketish vaqtida ham xuddi shunday testni topshirish mumkin.

    Mavzuga doir: Avstriya politsiyasi mamlakat prezidenti karantin qoidalarini buzganligini aniqladi

    Janubiy Afrika Respublikasida ta’lim jarayonining qaytishiga ruxsat berilgan, sababi mamlakatdagi ko‘plab maktablarda buning uchun kerakli sanitariya sharoitlarini yaratish imkoniyati mavjud.

    Mavzuga doir: Janubiy Afrika Respublikasida xorijlik turistlarni qabul qilish 2021-yildan boshlanishi mumkin

    Lekin Lotin Amerikasidagi vaziyat, jumladan, Braziliyadagi ahvol o‘ta og‘ir holatda, mamlakatda 700 mingtadan ziyod kasallanish holati aniqlangan. 6—7-iyun kunlari mamlakatda koronavirus infeksiyasi haqidagi rasmiy ma’lumotlarni yangilash vaqtincha to‘xtatilishi va real raqamlarni chiqarish qiyinlashgani ma’lum qilingan.

    Avval bir necha marta koronavirusning xavfli ekaniga ishonmasligini aytgan Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru ushbu qarorni qo‘llab-quvvatlagan va buning uchun jamoatchilikning keskin tanqidiga uchragan. Davlat rahbariyatini ma’lumotlarni yashirganlikda ayblash boshlandi, poytaxt Braziliada Bolsonaruga, irqchilik va fashizmga qarshi norozilik namoyishlari boshlangan.

    Bolsonaru ham Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili mamlakatda koronavirusga qarshi e’lon qilingan cheklovlarning juda erta yumshatib yuborilganini tanqid qilgani uchun hukumatning davlatni JSST a’zoligidan chiqishi masalasini ko‘rib chiqishi mumkinligini bildirgan.

    7-iyun kuni Braziliya sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusdan vafot etganlar soni haqidagi statistikani e’lon qildi. Idora avvaliga bir sutka ichida COVID-19 oqibatida kuzatilgan o‘limlar soni 1382 ta ekanini yozib, keyinroq ushbu raqamni 525 ga o‘zgartirib qo‘ygan va bu borada tushuntirish bermagan. Braziliyada koronavirus infeksiyasi oqibatida halok bo‘lganlar soni 36,4 mingdan 37,3 ming nafargacha bo‘lishi mumkin.

    Hindistonda savdo markazlari, ibodatxonalar ochilmoqda, ammo bu yerda ham kasallanish holatlari aksincha ko‘payib ketmoqda. 8-iyun holatiga ko‘ra Hindistonda 9,9 mingta yangi kasallanish holatlari qayd etilib, koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 256 ming nafarga yetgan. Mamlakatda epidemiyaning o‘z cho‘qqisiga chiqishi iyul oyida sodir bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

    Mavzuga doir: Hindistonda koronavirusga chalinganlar soni 200 ming kishidan oshib ketdi

    Pokistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 100 ming nafardan oshgan, kasalxonalar bemorlarga to‘lib ketdi, Karachida ayrim bemorlar shifoxona binosining yo‘laklarida yotibdi. Iyun boshidan beri bu yerda ham karantin cheklovlarini yumshatish tadbirlari boshlangan.

    Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolardan doimiy ravishda tibbiy niqob taqib yurish va ushbu qoidaga amal qilishini so‘ragan. Ayniqsa, odamlar ko‘p to‘planadigan va ijtimoiy masofalanishga rioya etish qiyin bo‘lgan joylarda, xususan, katta do‘konlar, bozorlarda ushbu tartibni buzmaslik so‘ralgan.

    Mavzuga doir: Eronda koronavirusning tarqalishi rekord sur’atlarda davom etmoqda

    Worldometers 8-iyun holati bo‘yicha bergan ma’lumotga ko‘ra pandemiya boshlanganidan beri koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan kishilarning umumiy soni 7,1 million nafardan oshgan, 406 mingdan ko‘proq bemor COVID-19 asoratlari tufayli vafot etgan. 3,4 milliondan ko‘proq odam esa ushbu kasallikdan tuzalgan.

    09.06.2020, 06:25   Izoh (0)   31842
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    G‘alaba paradiga tayyorlanayotgan Moskva, chorrahadagi o‘rgimchak odam, xarobalar ichidagi “Old Trafford”. 8-iyun suratlari

    08.06.2020, 23:59

    Ahmat Qodirov jamg‘armasi Chechenistonda 207 nafar kelinning qalin pulini to‘lab berdi

    08.06.2020, 23:51

    Xitoyda koronavirusni zararsizlantiruvchi antitanalarga ega dori vositasini sinovdan o‘tkazish boshlandi

    08.06.2020, 22:56

    Moskvada 9-iyundan o‘zini o‘zi yakkalash va ruxsatnomalar tartiblari bekor qilinadi

    08.06.2020, 22:43

    AQShda qora tanli Jorj Floydning o‘limiga sabab bo‘lgan Minneapolis politsiya departamenti tarqatib yuborildi

    08.06.2020, 20:42

    Rossiya davolanishga va yaqin qarindoshlarini parvarishlashga boradigan xorijliklarga chegaralarini ochmoqda

    08.06.2020, 18:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.