Daryo

Braziliya AQSh kabi JSSTni tark etish bilan tahdid qildi

Ta’kidlanishicha, JSST yashirin g‘oya bilan ishlamasligi kerak

1 daqiqa o‘qish55 588 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru AQSh kabi yo‘l tutib, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqib ketishini ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

Foto: Reuters

“Ogohlantiraman: Qo‘shma Shtatlar JSSTdan chiqdi va biz ham kelajakda shu kabi variantni ko‘rib chiqamiz”, — deydi Bolsonaru.

Prezidentning ta’kidlashicha, JSST yashirin g‘oya bilan ishlamasligi kerak, aks holda Braziliya tashkilotni tark etadi. “Bizga sog‘liqni saqlash borasida nima qilish kerakligini chetdan turib o‘rgatadiganlar kerak emas”, — deydi Braziliya prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, 15-aprel kuni AQSh JSSTni moliyalashtirishni to‘xtatishini e’lon qilgandi. Oradan bir hafta o‘tgach, Xitoy JSSTga qo‘shimcha 30 million dollar ajratishi haqida xabar berilgan. Keyinchalik 26-aprelda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo esa Fox News telekanaliga bergan intervyusida Amerika JSSTni moliyalashtirish masalasiga boshqa qaytmasligi mumkinligini bildirgan. 17-may kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirish qisman tiklanishi mumkinligini ma’lum qildi. 29-mayda esa AQSh Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan munosabatlarni to‘xtatdi. Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar